Kontent qismiga oʻtish

Kot-d'Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi (fransuzcha: Équipe de Côte d'Ivoire féminine de football)[1] xalqaro ayollar futbolida Kot-d’Ivuar sharafini ifodalaydi va Kot -d’Ivuar Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi xalqaro oʻyinini 1988-yilda oʻtkazdilar. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi hozirda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingida 64-oʻrinni va CAFning reytingida esa 6-oʻrinni egallab turibdi.

Ilk oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda dunyoning deyarli hech bir mamlakatida ayollar futbol terma jamoasi yoʻq edi[2], shu jumladan, Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi ham FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyinini 1988-yilgacha[3] oʻtkazmagan. 1988-yilgi xalqaro ayollar taklif turnirida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi „A“ guruhidan joy oldi. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 1-iyun kuni Foshan shahrida boʻlib oʻtgan oʻyinda Gollandiya ayollar terma jamoasiga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi. 3-iyun kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Foshanda boʻlib oʻtgan 2-oʻyinda Kanada ayollar terma jamoasiga 0:6 hisobida magʻlub boʻlishdi. 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan Guanchjoudagi oʻyinda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy ayollar terma jamoasiga 1:8 hisobida magʻlub boʻlishdi[4][5]. 2002-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2 ta oʻyinda qatnashgan[6]. 2003-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi bironta ham oʻyinda maydonga tushishmagan[6] 2005-yilda ular 3 ta oʻyinda maydonga tushishgan[6]. 2005-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Dakarda (Senegal) ayollar oʻrtasidagi Tournoi de Solidarité musobaqasida ishtirok etishdi. 18-may kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Mali ayollar terma jamoasiga 1:6 hisobida magʻlub boʻlishdi. 20-may kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Senegal terma jamoasi bilan 3:3 hisobida durang oʻynashdi. Natijada Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi bosqichga chiqa olishmadi va umumiy hisobda turnirda oxirgi o‘rinni egalladi[7]. 2006-yil 17-mayda Dakar shahrida Togo terma jamoasi Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 3:3 hisobida durang oʻynadi[8]. 2007-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Uagadugu shahrida boʻlib oʻtgan Tournoi de Cinq Nations musobaqasida qatnashdi. 2-sentabr kuni ular Mali terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Oʻyinda 65-daqiqada Rita Akaffu Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi foydasiga gol urdi. 5-sentabr kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Togoni 5:0 hisobida magʻlub etishdi. Jamoa 6-sentabr kuni esa Mali terma jamoasiga 1:2 hisobida yutqazdi[9].

2010-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida dastlabki bosqichlarda ishtirok etgan. Ilk turda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Gvineya ayollar terma jamoasini 5:1 hisobida magʻlub etishdi. Ammo Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi o‘yinda Malavi ayollar terma jamoasiga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi[10].

Biroq, 2014-yilda Afrika ayollar chempionatida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalga yoʻl olib hammani hayratda qoldirdi va keyinroq ular favorit Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasini magʻlub etib, butun Afrikani hayratda qoldirgan holda birinchi marta 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻynashadi. Jahon chempionatidan Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Germaniya ayollar terma jamoasiga (0-10), Tailand terma jamoasiga (2-3) va Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga (1-3) qarishi uchta oʻyinda uchta magʻlubiyat bilan chiqib ketishdi. Hamma oʻyinlarda yutqazganiga qaramay, Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi aʼzosi Anj NʼGyussanning Norvegiya darvozasiga urgan goli butun turnirdagi eng yaxshi oʻnta goldan biri deb topildi.

Milliy federatsiya 1960-yilda tashkil etilgan va 1964-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamiga toʻq sariq rangli koʻylaklar, oq shortilar va yashil paypoqlar kiradi[11]. Milliy qoʻmitada ayollar futboliga mas’ul boʻlgan doimiy xodim yoʻq[6]. Federatsiya nizomida ayollar futboli vakilligi kafolatlanmagan[6][12]. 2007-yilda mamlakatda FIFA tomonidan boshqariladigan ayollar MA futbol kursi tashkil etilgan[13].

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozimi Ismi Man.
Bosh murabbiy Kot-dʼIvuar Klementin Ture

Bosh murabbiylar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marokash ayollar terma jamaosiga qarshi 2022-yil 23-iyunida oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida quyidagi futbolchilar Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirildi[14]. Oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 26-iyul holatiga koʻra aniq.

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Aramatou Diakité  CIV
16 1DA Cynthia Djohoré (captain) 16-dekabr 1987-yil (1987-12-16) (36 yosh) 29 0  CIV Onze Sœurs de Gagnoa
2 2HM Fatou Coulibaly 13-fevral 1987-yil (1987-02-13) (37 yosh) 33 1  ESP DUX Logroño
2HM Fernande Tchetche 20-iyun 1988-yil (1988-06-20) (36 yosh) 20 0  CIV Inter d’Abidjan
9 2HM Konan, InesInès Konan 8-yanvar 2002-yil (2002-01-08) (22 yosh) 1 0  FRA Fleury
5 2HM Mariam Diakité 11-aprel 1995-yil (1995-04-11) (29 yosh) 14 9  FRA Fleury
4 2HM Nina Kpaho 30-dekabr 1996-yil (1996-12-30) (27 yosh) 14 0  TUR Fenerbahçe
4 2HM Matoba Cissé 0  CIV
6 3YH Bernadette Amani 5-sentyabr 1997-yil (1997-09-05) (27 yosh) 3 0  ESP DUX Logroño
15 3YH Christine Lohoues 18-oktyabr 1992-yil (1992-10-18) (32 yosh) 22 1  EQG Malabo Kings
3YH Estelle, GnalyGnaly Estelle 1 0  CIV ATHLETICO d’ABIDJAN
3YH Jessica Aby 16-iyun 1998-yil (1998-06-16) (26 yosh) 2 0  ESP Alavés
3YH Mariam Sidibé 0  CIV
3YH Adjoua Sylviane , KokoraKokora Adjoua Sylviane 1 0  MAR SPORTING CLUB DE CASABLANCA
3YH Yeti Doudou Touré 0  CIV
10 4HJ N'Guessan, AngeAnge N'Guessan 18-noyabr 1990-yil (1990-11-18) (34 yosh) 22 5  ESP Granadilla
3 4HJ Binta Diakité 7-may 1988-yil (1988-05-07) (36 yosh) 22 2  FRA Soyaux
7 4HJ Agbo, EsperanceEspérance Agbo 14-may 1995-yil (1995-05-14) (29 yosh) 2 0  CIV Lahou Essor
12 4HJ Kouassi, RosemondeRosemonde Kouassi 26-dekabr 2001-yil (2001-12-26) (22 yosh) 3 0  FRA Fleury
8 4HJ Niamien, SandrineSandrine Niamien 30-avgust 1994-yil (1994-08-30) (30 yosh) 2 1  CIV ES Adobo
3 4HJ Akebie Abrogoua  CIV

Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

     Chempion      Ikkinchi oʻrin      Uchinchi oʻrin     Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Xitoy 1991-yil Kiritilmadi
Shvetsiya 1995-yil
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil Saralashdan oʻta olmadi
Xitoy 2007-yil
Germaniya 2011-yil
Kanada 2015-yil Guruh bosqichi 23 3 0 0 3 3 16
Fransiya 2019-yil Saralashdan oʻta olmadi
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil
Jami 1/9 - 3 0 0 3 3 16
Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻtkazgan oʻyinlar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tarixi
Yil Bosqich Sana Raqib Natija Stadion
Kanada 2015-yil Guruh bosqichi 7-iyun  Germaniya Magʻlubiyat: 0-10 TD Pleys stadioni, Ottava
11-iyun  Tailand Magʻlubiyat: 2-3
15-iyun  Norvegiya Magʻlubiyat: 1-3 Monkton stadioni, Monkton

Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
Qoʻshma Shtatlar 1996-yil Saralashdan oʻta olmadi
Avstraliya 2000-yil
Gretsiya 2004-yil
Xitoy 2008-yil
Birlashgan Qirollik 2012-yil
Braziliya 2016-yil
Yaponiya 2020-yil
Jami 0/7 0 0 0 0 0 0 0

Afrika ayollar millatlar kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrika ayollar millatlar kubogida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
1991-yil Kiritilmadi
1995-yil
Nigeriya 1998-yil
Janubiy Afrika 2000
Nigeriya 2002-yil Saralashdan oʻta olmadi
Janubiy Afrika 2004-yil Kiritilmadi
Nigeriya 2006-yil Saralashdan oʻta olmadi
2008-yil
Janubiy Afrika 2010-yil
2012-yil Guruh bosqichi 3 1 0 2 7 7
Namibiya 2014-yil Uchinchi oʻrin 5 2 1 2 8 8
Kamerun 2016-yil Saralashdan oʻta olmadi
Gana 2018-yil Saralashdan oʻta olmadi
2020-yil Covid-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi
Marokash 2022-yil Saralashdan oʻta olmadi
Jami 2/13 8 3 1 4 15 15

Afrika oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrika oʻyinlarida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Nigeriya 2003-yil Kiritilmadi
Jazoir 2007-yil
Mozambik 2011-yil Saralashdan oʻtmagan
Kongo Respublikasi 2015-yil 3 5 4 0 1 6 3
Marokash 2019-yil Saralashdan oʻtmagan
2023-yil Aniqlanmoqda
Jami 0/4 0 0 0 0 0 0

WAFU ayollar kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
WAFU ayollar kubogida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Kot-dʼIvuar 2018 Ikkinchi oʻrin 2 5 3 1 1 11 2
Kot-dʼIvuar 2019 Ikkinchi oʻrin 2 5 3 2 0 12 2
Jami Guruh bosqichi 1/1 3 0 0 3 1 17
  1. „FIFA“ (en). fifa.com.
  2. Chrös McDougall. Soccer. ABDO, 1 January 2012 — 45-bet. ISBN 978-1-61783-146-1. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel. 
  3. „Results: Côte d'Ivoire“. FIFA (2009-yil 29-sentyabr). 2010-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-iyun.
  4. „Women's FIFA Invitational Tournament 1988“. Rsssf.com (2011-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  5. „Lyon'ne Cup (Women) 1992–1993“. Rsssf.com (2003-yil 19-iyun). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 FIFA (2006). Women's Football Today. p. 57. Archived from the original on August 14, 2012. https://web.archive.org/web/20120814213100/http://www.fifa.com/mm/document/afdeveloping/women/93/77/21/factsheets.pdf. Qaraldi: 8 June 2012. Kot-d'Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi]]
  7. „Tournoi de Solidarité (Women) 2005 (Dakar, Senegal)“. Rsssf.com (2010-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  8. „Results: Togo“. FIFA (2009-yil 29-sentyabr). 2011-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-iyun.
  9. „Tournoi de Cinq Nations (Women) 2007“. Rsssf.com (2008-yil 6-mart). Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  10. „Fixtures — African Women Championship 2010 – CAF“. Cafonline.com. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  11. Pickering, David. The Cassell soccer companion : history, facts, anecdotes. London: Cassell, 1994 — 167-bet. ISBN 0304342319. OCLC 59851970. 
  12. Tom Dunmore. Historical Dictionary of Soccer. Scarecrow Press, 16 September 2011. ISBN 978-0-8108-7188-5. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel. 
  13. „Goal! Football: Côte d'Ivoire“. FIFA (2009-yil 3-noyabr). 2010-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyun.
  14. „squad for friendly game“.