Lazarev dengizi
Lazarev dengizi (ruscha: Море Лазарева, More Lazareva) — Janubiy okeanning chekka dengizi uchun taklif qilingan nom. U 2002-yilgi Xalqaro gidrografiya tashkiloti (IHO) loyihasida berilgan ikkita taklif bilan chegaradosh boʻlgan: gʻarbda qirol Xokon VII dengizi va sharqda Riiser-Larsen dengizi. Ular sharqiy 0 ° va 14 ° bosh meridianlari oʻrtasida joylashgan. Dengiz umumiy 929,000 km2 (359,000 kv mi) maydonni egallaydi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lazarev dengizi 1962-yilda Sovet Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan kash etilgan boʻlib, 1820-yilda Fabian Gotlib fon Bellingsxauzen bilan Antarktika materikini kashf etgan rus admirali Mixail Lazarev (1788—1851) xotirasiga shunday nomlangan. 2002-yilgi IHO loyihasi hech qachon IHO (yoki boshqa biron bir tashkilot) tomonidan tasdiqlanmagan hamda 1953-yilgi IHO hujjati (bu nomni oʻz ichiga olmaydi) hozirga qadar oʻz kuchida qolgan[2]. Yetakchi geografik idoralar va atlaslar bu nomdan foydalanmaydi, jumladan, National Geographic Jamiyatining 2014-yilgi 10-nashri Jahon Atlasi hamda 2014-yilgi Times Atlas of World jurnalining 12-nashrida dengiz boshqa nom bilan atalgan. Ammo Sovet va Rossiya-davlat xaritalarida shu nom qoʻllanishi ommalashgan[3].
Fizik geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lazarev dengizidagi suvning chuqurligi 3,000 m (9,800 ft) teng boʻlib, maksimal chuqurlik 4,500 m (14,800 ft) dan oshadi. U 929,000 km2 (359,000 kv mi) maydonga choʻzilgan[1].
Lazarev dengizining janubida qirolicha Maud yerining malika Astrid qirgʻogʻi joylashgan.
Lazarev dengizi kontinental qirgʻoq boʻlib, oʻtkinchi vulkanizm bilan birga koʻplab rifting epizodlaridan tarkib topgan[4]. Lazarev dengizi ham choʻkindi jihatidan juda kambagʻal dengiz ekanligi maʼlum boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Lazarev Sea“. TheFreeDictionary.com. Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Limits of Oceans and Seas, 3rd (currently in-force) edition“. International Hydrographic Organization (1953). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Image of a map of Antartica“. Rubricon.com. 2007-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Hinz, K.; Neben, S.; Gouseva, Y. B.; Kudryavtsev, G. A. (2004). „A Compilation of Geophysical Data from the Lazarev Sea and the Riiser-Larsen Sea, Antarctica“. Marine Geophysical Researches. 25-jild, № 3–4. 233-245-bet. Bibcode:2004MarGR..25..233H. doi:10.1007/s11001-005-1319-y.