Leopold II
Leopold II | |
---|---|
Belgiya qiroli | |
Saltanat | 1865-yil 17-dekabr – 1909-yil 17-dekabr |
Oʻtmishdoshi | Leopold I |
Davomchisi | Albert I |
Tugʻilishi |
9-aprel 1835-yil Brussel, Belgiya |
Vafoti | 17-dekabr 1909-yil |
Dafn etilgan joy |
Leopold II (fransuzcha: Léopold Louis Philippe Marie Victor; niderlandcha: Leopold Lodewijk Filips Maria Victor; 1835-yil 9-aprel – 1909-yil 17-dekabr) – 1865-yildan 1909-yilgacha hukmronlik qilgan Belgiyaning ikkinchi qiroli. U 1885-yildan 1908-yilgacha boʻlgan davrda Kongo mustaqil davlatiga asos solgan.
Qirol Leopold II Bryusselda qirol Leopold I va qirolicha Luizaning birinchi farzandi vafotidan keyin tugʻilgan. Leopold II 1865-yilda otasining oʻrniga Belgiya taxtiga oʻtirgan va vafotigacha 44 yil davomida Belgiyada hukmronlik qilgan, bu Belgiya qirollarining bugungi kungacha boʻlgan eng uzoq muddatli hukmronligi hisoblanadi. Uning qonuniy oʻgʻillaridan hech biri omon qolmagan. Hozirgi Belgiya qiroli uning jiyani va yagona Belgiya taxti vorisi Albert I uning davomchisidir. Uni xalq orasida Quruvchi Qirol (niderlandcha: Koning-Bouwheer, fransuzcha: Roi-Bâtisseur) deb atashgan. Bu nomni olishiga asosiy sabablardan biri, uning Belgiyada foydalanishga topshirgan koʻplab binolari, shahar loyihalari hisoblanadi.
Leopold II Kongo mustaqil davlatiga asos solganidan soʻng Kongoga, hozirgi Kongo Demokratik Respublikasiga daʼvo qilishda yordam berish uchun Genri Morton Stenlidan foydalangan. 1884 —1885-yillardagi Berlin konferensiyasida Yevropaning mustamlakachi davlatlari uning daʼvosiga rozilik bildirganlar va Kongo mustaqil davlatini unga topshirganlar. Leopold oʻzining shaxsiy manfaatlari uchun yollanma kuchlardan foydalangan holda Kongoni boshqargan. U hududdan dastlab fil suyagi yigʻish va 1890-yillarda, tabiiy kauchuk narxi oshganidan soʻng, mahalliy aholidan kauchuk yigʻish va qayta ishlash uchun majburiy mehnat qildirish orqali boylik toʻplagan.
Leopold maʼmuriyati qonunlariga koʻra, Kongo mustaqil davlatida muntazam shavqatsizlik va vahshiylik, jumladan majburiy mehnat, qiynoqlar, qotillik, oʻgʻirlash, erkaklar va ayollar, hamda bolalarning qoʻllarini kesib tashlash holatlari yuz bergan. Bu holatlar haqidagi ilk fikrlar George Washington tomonidan berilgan boʻlib, u 1890-yilda Leopoldning Kongo mustaqil davlatini boshqarish amaliyotini „insoniyatga qarshi jinoyat“ deb taʼriflagan. Bu va boshqa faktlar, Leopold hukmronligi davrida yashagan guvohlarning koʻrsatmasi, xalqaro tergov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlari, E. D. Morelning tergov jurnalistik faoliyati, hamda 1904-yilgi Casement Report tomonidan aniqlangan[1]. Mustamlakadan oldingi aholi soni va Kongo mustaqil davlati davrida uning oʻzgargan aholi sonini aniq hisoblash qiyin boʻlgan boʻlsa-da, Leopold hukmronligi davrida Kongo aholisining qisqarishi boʻyicha hisob-kitoblar 15 milliondan 1 milliongacha oʻzgarganligini bilish mumkin. Pasayish sabablari orasida epidemik kasallik, tugʻilishning kamayishi, zoʻravonlik va ocharchilik boʻlgan[2][3][4][5].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leopold 1835-yil 9-aprelda tugʻilgan Leopold Bryusselda hukmronlik qilayotgan Belgiya monarxi Leopold I va uning ikkinchi xotini, Fransiya qiroli Lui Filippning qizi Luizaning ikkinchi farzandi edi[6]. 1848-yilgi Fransiya inqilobi uning onasi tomonidan boʻlgan bobosi Lui Filippni Buyuk Britaniyaga qochishiga majbur qilgan[7]. Lui Filipp ikki yildan soʻng, 1850-yilda vafot etgan. Leopoldning onasi oʻz otasining oʻlimidan qattiq taʼsirlangan va shu sababli ham, uning sogʻligʻi yomonlashgan. U oʻsha yili, Leopold 15 yoshidalik vaqtida sil kasalligidan vafot etgan[8]. Leopoldning opasi Sharlotta 1860-yillarda Meksika imperatori boʻlgan. Oʻsha paytdagi Britaniya monarxi, qirolicha Viktoriya, Leopold II ning birinchi amakivachchasi edi[9].
Ajdodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leopold II | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Belgiyaning ikkinchi qiroli Leopold 2“. Qaraldi: 2024-yil 3-may.
- ↑ „VRT (in Dutch). 5 June 2020. Retrieved 10 August 2023.“.
- ↑ „Renton, David; Seddon, David; Zeilig, Leo (2007). The Congo: Plunder and Resistance. London: Zed Books. p. 37.“.
- ↑ „Forbath, Peter (1977). The River Congo: The Discovery, Exploration and Exploitation of the World's Most Dramatic Rivers. Harper & Row. p. 278.“.
- ↑ „Hochschild, Adam (1998)“.
- ↑ Emerson, pp 4-6.
- ↑ Emerson, p 9.
- ↑ Emerson, p 9-10.
- ↑ Aronson, p 13.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Archive Léopold II, Royal museum of central Africa
- Official biography from the Belgian Royal Family website
- „The Political Economy of Power“ Interview with political scientist Bruce Bueno de Mesquita, with a discussion of Leopold halfway through
- Interview with King Leopold II Publishers' Press, 1906
- The Crime of the Congo, 1909, Sir Arthur Conan Doyle, Archive.org
- Grant, Kevin (2001). "Christian critics of empire: Missionaries, lantern lectures, and the Congo reform campaign in Britain". The Journal of Imperial and Commonwealth History 29 (2): 27–58. doi:10.1080/03086530108583118. https://archive.org/details/sim_journal-of-imperial-and-commonwealth-history_2001-05_29_2/page/27.
- Peffer, John (2008). "Snap of the Whip/Crossroads of Shame: Flogging, Photography, and the Representation of Atrocity in the Congo Reform Campaign". Visual Anthropology Review 24: 55–77. doi:10.1111/j.1548-7458.2008.00005.x.
- van den Braembussche, Antoon (2002). "The Silence of Belgium: Taboo and Trauma in Belgian Memory". Yale French Studies (102): 34–52. doi:10.2307/3090591. https://archive.org/details/sim_yale-french-studies_2002_102/page/34.
- Weisbord, Robert G. (2003). "The King, the Cardinal and the Pope: Leopold II's genocide in the Congo and the Vatican". Journal of Genocide Research 5: 35–45. doi:10.1080/14623520305651.
- Langbein, John H. (January 1976). "The Historical Origins of the Sanction of Imprisonment for Serious Crime". The Journal of Legal Studies 5 (1): 35–60. doi:10.1086/467543. http://digitalcommons.law.yale.edu/fss_papers/541.
- Gewald, Jan-Bart (2006). "More than Red Rubber and Figures Alone: A Critical Appraisal of the Memory of the Congo Exhibition at the Royal Museum for Central Africa, Tervuren, Belgium". The International Journal of African Historical Studies 39 (3): 471–86.
- Pavlakis, Dean (2010). "The Development of British Overseas Humanitarianism and the Congo Reform Campaign". Journal of Colonialism and Colonial History 11 (1). doi:10.1353/cch.0.0102.