Kontent qismiga oʻtish

Mar-del-plata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mar-del-plata — Argentinaning sharqiy qismidagi shahar. Buenos-Ayres provinsiyasida. Aholisi 541,8 ming kishidan ziyod (2001). Transport yoʻli va shosse yoʻl orqali Buenos-Ayres shahri bilan bogʻlangan. Atlantika okeani sohilidagi port, mamlakatning harbiy dengiz floti bazasi. Oziq-ovqat (jumladan, baliq konservalash), poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Janubiy Amerikaning eng yirik dengiz boʻyi kurortlaridan biri. Shaharga 1874-yilda asos solingan. Muzey, universitet bor. Turizm rivojlangan. Xalqaro shaxmat turnirlari oʻtkaziladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil