Kontent qismiga oʻtish

Nargis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nargis, narsiss (Narcissus L.) – chuchmomadoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi. Piyozboshi koʻp yillik. Bargi nashtarsimon. Guli, odatda, sariq yoki oq, yakka yoki gulband uchida bir nechtadan joylashgan. Gulqoʻrgʻoni silindrsimon nayli, qoʻngʻiroqsimon yoki kosachasimon tojli. Mevasi etli koʻsakcha. Koʻpincha, Oʻrta dengiz rayonlarida usa-digan 30 ga yaqin (boshqa maʼlumotga koʻra 60 tacha) turi bor. Oʻzbekistonda 2 ta turi uchraydi: N. pseudonarcissus L. – soxta yoki sariq N., gulqoʻrgʻon barglari oq. Bachki (soxta) toji sariq, chin tojbarglariga nisbatan ancha qisqa. N. poeticus L. – nafis yoki oq N. Har ikkala turi koʻp yillik, piyozli, manzarali usimlik hisoblanib, aprel oyida gullaydi. Baʼzi turlarining gullarida xushboʻy efir moyi, piyozboshida alkaloidlar mavjud[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil