Kontent qismiga oʻtish

Oshogbo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osogbo (2015)

Oshogbo — Nigeriyaning jan.garbiy qismidagi shahar, Oshun daryosi boʻyida. Aholisi 650 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Kakao, moyli palma mevasi, paxta, tamaki yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi rayonining yirik markazi. Tamaki va paxta tozalash korxonalari bor. Shaharga 17-asrda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil