Kontent qismiga oʻtish

Otsiket

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otsiket

Tabby Otsiketi
Kelib chiqishi Amerika Qoʻshma Shtatlari
Breed standards
CFA standard
FIFe standard
TICA standard
ACFA/CAA standard
CCA-AFC standard
GCCF standard
Uy mushugi (Mushuk)

Oksiket – uy mushuklarining alohida zoti boʻlib, tashqi koʻrinishi yovvoyi mushukka oʻxshasa-da, uning genofondida yaqin vaqt ichida yovvoyi mushuk DNKsi topilmagan. Bu zot oʻzining Otselotga oʻxshashligi tufayli shunday nomlangan. Otsiket dastlab Siam va Abyssinian mushuklari zotlarini chatishtirish natijasida yaratilgan, keyinchalik esa unga Amerika mushugi zoti ham qoʻshilgan.

otsiket
Otsiket rasmi

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otsiket zoti 1964-yilda Michigan shtatining Berkli shahrida Virjiniya Deyli tomonidan tasodifan yaratilgan boʻlib, u Abyssinian mushugini koʻpaytirishga urinish natijasida paydo boʻlgan. Avvalo Deyli Selenalik Dalay Deta Tim nomli qizgʻish Abyssinian erkak mushugini Dalay Tomboy Patter nomli Siamlik urgʻochi mushuk bilan chatishtirgan. Mushukchalarning birinchi avlodi Abyssinian va Dalay nomli urgʻochilar boʻlib chiqdi. U keyinchalik Oq Elegante Sun zotini Siam qoʻngʻir mushuk zoti bilan chatishtirdi. Olingan namuna kerakli Abyssinian zoti bilan chatishtirilganda Siyam tipidagi mushuklar xarakterlari bor edi. U ularni koʻpaytirishni davom ettirdi, natijada mushukchalardan biri tilla dogʻchali Ivoriy mushugi boʻlgan. Virjiniyaning qizi uning Otselot oʻxshashini va unga „Otsiket“ deb nom berishni xohlayotganini aytgan, ammo buning oʻrniga uni Tonga deb atashgan va sterilizatsiya qilish uchun 10 dollarga tibbiyot talabasiga sotib yuborishgan[1].

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chocolate spotted tabby Ocicat

Otsiket – agouti belgilariga ega boʻlgan oʻrta va yirik mushukdir. U sportchi hayvonning koʻrinishiga ega: mushaklari yaxshi rivojlangan va tanasi silliqdir. Ogʻiz boʻshligʻi keng va boshning egiluvchanligi bilan ajralib turadi. Quloqlari 45 daraja burchak ostida joylashgan. Koʻzlari katta va bodomsimon boʻlib, ular orasidagi masofa ham keng. Shu sababli, ikkala koʻz oʻrtasidagi boʻshliq koʻzning oʻz kengligidan ham kattaroq. Koʻzlar barcha ranglarda boʻlishi mumkin, ammo asosan koʻk rangda deb taʼriflanadi. Oyoqlari oʻrtacha va uzun boʻlib, tanaga mutanosib joylashgan hamda yaxshi rivojlangan mushaklarga ega. Dumi uzun, ingichka, biroz konussimon shaklda boʻlib, qora uchga ega[2] . Voyaga yetgan oksikotlarning ogʻirligi 6-14 funt (2,7-6,4 kilogramm) atrofida boʻladi[3] .

Dum uchidagi rangi toʻq, qolgan belgilar esa uchidan boshlab ochroq tusda boʻladi[2] .

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Ocicat and Aztec“. Governing Council of the Cat Fancy. Qaraldi: 2024-yil 24-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Ocicat Standard“. Cat Fanciers' Association. Qaraldi: 2024-yil 25-yanvar.
  3. Thompson, Stephanie. The Ocicat. Buenva Vista, CO: Stephanie Thompson, 1999 — 14–15-bet.