Paolo De Ceglie
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Paolo De Ceglie | ||
Tavallud sanasi | 17-sentyabr 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Aosta, Italiya | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi va yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995—2006 | Juventus | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2017 | Juventus | 100 | (2) |
2007—2008 | → Siena (ijara) | 29 | (2) |
2013—2014 | → Genoa (ijara) | 12 | (1) |
2014—2015 | → Parma (ijara) | 11 | (3) |
2015—2016 | → Marseille (ijara) | 7 | (0) |
2018— | Servette | 11 | (2) |
2020— | Miami Beach CF | 1 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2006—2009 |
Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 15 | (0) |
2008 |
Italiyaning Olimpiada oʻyinlari uchun tashkil qilingan terma jamoasi | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2018-yil 10-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 2-noyabr uchun) |
Paolo de Ceglie (talaffuzi: Paolo de Chelie) (1986-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — italiyalik sobiq professional futbolchi. Paolo de Ceglie asosan, chap qanot himoyachisi va yarim himoyachi sifatida oʻyin olib borgan. Paolo de Ceglie oʻz faoliyatining katta qismini Italiyaning „juventus“ klubida oʻtkazdi. „Juventus“ klubi bilan Paolo de Ceglie boshqa sovrinlar qatorida uchta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritdi. Paolo de Ceglie boshqa Italiya jamoalarida ham ijara shartnomasi asosida faoliyat olib borgan. Paolo de Ceglie faoliyati davomida oʻzining tezligi bilan tanilgan. Masalan, Paolo de Ceglie 2010-yilda A Seriyaning eng tezkor oʻyinchilaridan biri hisoblangan[1].
Klublardagi oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Juventus
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aosta shahrida tugʻilgan Paolo de Ceglie sobiq jamoadoshi Claudio Marchisio[2] va chap qanot himoyachisi Pavel Nedved bilan birga "Juventus" klubining yoshlar tizimiga maktab oʻquvchisi sifatida qoʻshildi[3][4]. Paolo de Ceglie „Juve“ klubi uchun turli yoshlar musobaqalarida, jumladan Campionato Nazionale Primavera va Coppa Italia Primavera musobaqalarida oʻynagan. Paolo de Ceglie „Juventus“ klubining 2006-yilgi Super Coppa Primavera doirasidagi bahsida „Internazionale“ klubini 5:1 hisobida magʻlub etgan uchrashuvida xet-trik qayd etgan[5].
„Juventus“ klubi 2006—2007-yilgi mavsumda „Calciopoli“ mojarosi tufayli B Seriyaga tushib ketganida, Paolo de Ceglie va uning hamkasblari Claudio Marchisio va Sebastian Giovinco asosiy jamoaga koʻtarilishdi. Paolo de Ceglie 2006-yilning 6-noyabrida „Juventus“ klubi safida „Napoli“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Ushbu oʻyinda Paolo de Ceglie 55 daqiqadan soʻng Nicola Legrottaglie oʻrniga maydonga tushdi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi. Paolo de Cegliening tarixidagi birinchi goli ikkinchi o‘yinida, „Juventus“ klubi „Lecce“ klubi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonganida kiritildi. 2007-yilning iyun oyida Paolo de Ceglie A Seriyaning „Siena“ klubiga birgalikda egalik qilish shartnomasi asosida ijaraga berildi. Paolo de Ceglie „Siena“ klubida muvaffaqiyatli oʻyinlarni oʻtkazdi. Paolo de Ceglie deyarli har bir oʻyinda ikki marta gol urdi va bir nechta golli uzatmalarni amalga oshirdi.
Paolo de Ceglie 2008-yilning 9-iyunida „Siena“ klubi bilan A Seriyadagi birinchi mavsumidan soʻng "Juventus" klubiga qaytarildi[6]. Paolo de Ceglie „Juventus“ klubining 2008-09-yilgi mavsumida yaxshi oʻyin koʻrsatdi. Ayniqsa dekabr oyida "Milan" ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Paolo de Cegliening hissasi katta boʻldi[7]. Oʻsha oyda Paolo de Ceglie „Juventus“ klubi bilan shartnomasini 2013-yilgacha uzaytirdi[8]. 2009-yilning yozida Paolo de Ceglie transfer haqidagi mish-mishlarga sabab boʻldi, ammo Paolo de Ceglie Turinni tark etishni istamagani uchun hech qanday transfer amalga oshirilmadi. Paolo de Ceglie turli jarohatlar tufayli Ciro Ferrara murabbiy boʻlgan vaqtida jamoaning asosiy tarkibida kamroq maydonga tushgan edi. Keyinchalik bosh murabbiy Alberto Zaccheroni Paolo de Ceglieni 2009—2010-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida muntazam ravishda asosiy tarkibga kiritdi[9]. Paolo de Ceglie chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Fevral oyida Paolo de Ceglie Yevropa Ligasi 32-raundining birinchi oʻyini „Ajax“ klubiga qarshi oʻyinda tenglashtiruvchi golni kiritdi va „Juventus“ klubi javob oʻyinida 0:0 hisobida durangdan keyin umumiy hisobda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Paolo de Ceglie 25-aprel kuni „Juve“ klubi safida oʻzining 50-ligadagi oʻyinini oʻtkazdi va „Bari“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) ishtirok etdi.
Paolo de Ceglie 2010—2011-yilgi mavsum oldidan tayinlangan yangi bosh murabbiy Luigi Delneri qoʻl ostida oʻyinlarda qatnasha boshladi. Paolo de Ceglie oʻz imkoniyatlaridan foydalandi va yaxshilangan oʻyinlari Paolo de Cegliega asosiy oʻn birlikdan joy olish imkonini berdi. Afsuski, uning mavsumi ligament jarohati tufayli toʻxtatildi va oktyabr oyida Paolo de Ceglie jarrohlik amaliyotini boshidan kechridi. Paolo de Ceglie „Napoli“ klubiga qarshi mavsumning soʻnggi oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi[10].
2011—2012-yilgi mavsumda Antonio Conte „Juventus“ bosh murabbiyi sifatida jamoaga qoʻshildi. Paolo de Ceglie 2011-yil 11-sentyabr kuni 'Juventus" klubining yangi stadionida oʻtkazilgan ochilish oʻyinida (''Parma" klubiga qarshi oʻyinda)11-raqamli futbolka va chap qanot himoyachisi sifatida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uchrashuvda „Juventus“ klubi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi[11][12]. Paolo de Ceglie dastlab Conte qoʻl ostida klubning chap qanot himoyachisi sifatida oʻyin boshlaganiga qaramay, keyingi oʻyinlarda Giorgio Chiellini yana chap qanot himoyasiga oʻtkazildi va Andrea Barzagli, Leonardo Bonucci va Stephan Lichtsteiner bilan birga toʻrtlik orqada birinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa Paolo de Ceglie zaxira oʻrindigʻiga tushirib yubordi. Paolo de Ceglie Italiya kubogi doirasidagi „Novara“ klubiga oʻyinda maydonga asosiy tarkibda qaytdi. 2012-yilning 3-martida Paolo de Ceglie „Siena“ klubidan qaytganidan keyin ilk golini „Chievo“ klubiga qarshi o‘yinda (1:1) kiritdi. Yaxshi oʻyinlardan soʻng unga shartnomani uzaytirish taklif qilindi va bir necha haftadan soʻng yangi 5 yillik shartnoma imzoladi[13]. 2011—2012-yilgi mavsumda „Juventus“ klubi „Cagliari“ klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, A Seriya chempionligini qoʻlga kiritdi[14][15].
2014-yilning yanvarida Paolo de Ceglie 2013—2014-yilgi mavsum oxirigacha „Genoa“ klubiga ijaraga berildi[16].
Paolo de Ceglie 2014-yil 1-sentyabrdan boshlab bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida „Parma“ klubiga qo‘shildi[17]. Paolo de Ceglie 1-noyabr kuni „Inter“ klubiga qarshi o‘yinda muhim 2:0 hisobidagi g‘alabani taʼminlash uchun dubl qayd etdi va birinchi marta bir o‘yinda birdan ortiq gol urdi[18]. Paolo de Cegliening ijara muddati 2015-yil 30-yanvarda tugadi[19]. Paolo de Ceglie mavsumning qolgan qismini Patrice Evra va Kwadwo Asamoah uchun zaxira sifatida oʻtkazdi.
2015-yilning 31-avgustida Paolo de Ceglie „Juventus“ klubi tomonidan Fransiyaning „ Olimpique de Marseille“ klubiga ijaraga berildi, biroq uning klubdagi faoliyati muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Paolo de Ceglie mavsum davomida klub bilan atigi yettita chempionat va 12ta boshqa musobaqalarda qatnasha oldi[20][21][22].
2016-yilning yozida „Juventus“ klubiga qaytib, „Crotone“ klubiga oʻtishdan bosh tortgach, Paolo de Ceglie birinchi tarkibdan tashqarida qoldi[23]. 2017-yilning yanvar oyidagi transfer oynasida, Paolo de Ceglie 2014—2015-yilgi mavsumdan beri Turinliklar safida birorta ham o‘yin o‘tkazmaganiga qaramay, B Seriyaning „Pisa“ jamoasiga o‘tishdan bosh tortdi. Uning agenti Paolo de Ceglie oʻzining „Juventus“ klubi bilan 2017-yil iyun oyida tugaydigan shartnomasini kutayotganligini aytdi[21][24].
Servette
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin agentga aylangandan soʻng, Paolo de Ceglie „Benevento“ klubi bilan mashgʻulot oʻtkazdi[25], ammo A Seriyaning 2017—2018-yilgi mavsumi oldidan klub bilan shartnoma imzolamadi[26]. 2018-yilning 11-yanvarida Paolo de Ceglie Shveysariya jamoasi „Servette“ klubi bilan mavsum oxirigacha klubda qoladigan shartnomaga imzo chekdi[27].
Miami Beach
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir yarim yil erkin agent sifatida ishlagandan soʻng, 2020-yil yanvar oyida Paolo de Ceglie yangi tashkil etilgan „Miami Beach CF“ klubiga skaut sifatida uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi va jamoaning birinchi raqamli oʻyinchisiga aylandi. Bu rol Paolo de Cegliening klub akademiyasi bilan ishlashini koʻrsatadi va keyinchalik jamoa bilan shartnomasi tugaganidan keyin jamoada direktor lavozimini egallashini anglatadi[28].
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paolo de Ceglie Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasidagi debyutini 2006-yil 12-dekabrda Lyuksemburg milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Bu oʻyinda Paolo de Ceglie 62-daqiqada Arturo Lupoli oʻrniga maydonga tushdi.
Paolo de Ceglie 2008-yilgi Tulon turniriga chaqirilgan, ammo jarohati tufayli uyiga qaytishga majbur boʻlgan[29]. Paolo de Ceglie 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida terma jamoa safida qatnashgan. 2009-yilning yozida Paolo de Ceglie Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan UEFA Yevropa chempionatiga chaqirildi va chap qanot himoyachisi Domenico Crissito bilan birga chap yarim himoyada oʻynadi[30].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Liga | Mavsum | Liga | Kubuk | Yevropa | Boshqa | Umumiy | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
O'yinlar soni | Gollar soni | O'yinlar soni | Gollar soni | O'yinlar soni | Gollar soni | O'yinlar soni | Gollar soni | O'yinlar soni | Gollar soni | |||
Juventus | B Seriya | 2006—2007 | 8 | 1 | 0 | 0 | – | – | – | – | 8 | 1 |
Siena | A Seriya | 2007—2008 | 29 | 2 | 0 | 0 | – | – | – | – | 29 | 2 |
Juventus | 2008—2009 | 19 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | – | – | 23 | 0 | |
2009—2010 | 25 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | – | – | 26 | 0 | ||
2010—2011 | 7 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | – | – | 14 | 0 | ||
2011—2012 | 21 | 1 | 2 | 0 | – | – | – | – | 23 | 1 | ||
2012—2013 | 14 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 18 | 0 | ||
2013—2014 | 4 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | ||
2014—2015 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
2016—2017 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
Umumiy | 100 | 2 | 7 | 0 | 17 | 0 | 0 | 0 | 124 | 2 | ||
Genoa (ijara) | 2013—2014 | 12 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | – | – | 12 | 1 | |
Parma (ijara) | 2014—2015 | 11 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | – | – | 12 | 3 | |
Olimpique de Marseille (ijara) | Liga 1 | 2015—2016 | 7 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 12 | 0 |
Servette | Shveysariya Challenge ligasi | 2017—2018 | 11 | 2 | 2 | 0 | – | – | – | – | 13 | 2 |
Umumiy | 163 | 10 | 8 | 0 | 17 | 0 | 0 | 0 | 190 | 10 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Juventus Primavera[31]
- Campionato Nazionale Primavera (1): 2005-06 [32]
- Super Coppa Primavera (1): 2006 [5]
- Torneo di Viaregjio (1): 2004-05 [33]
- A Seriya (3): 2011-12, 2012-13, 2014-15
- B seriya (1): 2006-07
- Italiya Superkubogi (2): 2012, 2013
- Italiya kubogi (2): 2014-15
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Italiya terma jamoasi
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati, bronza medal, 2009-yil[35].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Biabiany come Bolt Nessuno è come lui“ (it). La Repubblica (2010-yil 11-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
- ↑ „LIVE – DE CEGLIE A JTV: "Contento di essere tornato, la Juve è il massimo. Gara col Cesena importante quanto quella con il Milan. Squadra carica e motivata"“ (it). tuttojuve.com (2015-yil 13-fevral).
- ↑ „Marchisio: "La fortuna ora comincia a girare"“. Tuttosport (2010-yil 22-fevral). 2010-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Summer Village goes wild for De Ceglie“. juventus.com (2012-yil 18-iyul). 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 5,0 5,1 „Primavera, Juve troppo forte“. Gazzetta dello Sport (2006-yil 9-sentyabr).
- ↑ „Juventus sign Paolo De Ceglie“. juventus.com (2008-yil 9-iyun). 2009-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „La Juve punta sui giovani d'oro“ (it). Tuttosport (2008-yil 15-dekabr). 2008-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-mart.
- ↑ „Juve, De Ceglie rinnova fino al 2013“ (it). Corriere dello Sport (2008-yil 18-dekabr). 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ecco De Ceglie, l'acquisto di Zac“. Tuttosport (2010-yil 6-fevral). 2010-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Juventus 2–2 Napoli“. legacalcio.it (2011-yil 22-may). 2011-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
- ↑ „Juventus pick off Parma, Palermo stun Inter“. UEFA.com (2011-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
- ↑ „Juventus 4–1 Parma“. Sky Sports (2011-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
- ↑ „De Ceglie renews contract until 2017“. juventus.com (2012-yil 21-mart). 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Juventus are back, says Bonucci after clinching Serie A title“. Goal.com (2012-yil 6-may). Qaraldi: 2012-yil 28-iyun.
- ↑ „Juventus 0–2 Napoli: Cavani and Hamsik clinch Coppa Italia and dash double dreams of Turin giants“. Goal.com (2012-yil 20-may).
- ↑ „UFFICIALE ARRIVO DI PAOLO DE CEGLIE“ (it). Genoa F.C. (2014-yil 18-yanvar). 2014-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-noyabr.
- ↑ „De Ceglie signs loan deal with Parma“. juventus.com (2014-yil 1-sentyabr). 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „De Ceglie abbatte l'Inter, il Parma ritrova la vittoria“ (it). Sky Sport Italia (2014-yil 1-noyabr).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Paolo De Ceglie returns to Juventus from Parma“. juventus.com (2015-yil 30-yanvar).
- ↑ „AGREEMENTS WITH OLYMPIQUE DE MARSEILLE“. Juventus F.C. (2015-yil 31-avgust).
- ↑ 21,0 21,1 „Agent: 'De Ceglie staying at Juventus'“. Football Italia (2017-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 17-may.
- ↑ „Juventus, De Ceglie eletto peggior giocatore della Ligue 1“ (it). Tutto Sport (2016-yil 30-may). Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
- ↑ „Juventus, Mandragora l'acquisto ancora mai visto“ (it). Tutto Sport (2016-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 17-may.
- ↑ Nicolò Schira. „De Ceglie rifiuta Pisa, Ternana, Brescia. Juve irritata“ (it). La Gazzetta dello Sport (2017-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 17-may.
- ↑ Marco Frattino. „Benevento, aggregato De Ceglie. Assenti Iemmello e Lazaar“ (it). www.tuttomercatoweb.com (2017-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
- ↑ Marco Frattino. „Benevento, De Ceglie non ha convinto: l'ex Juve non sarà tesserato“ (it). www.tuttomercatoweb.com (2017-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
- ↑ Pietro Lazzerini. „UFFICIALE: Servette, De Ceglie firma fino a fine stagione“ (it). www.tuttomercatoweb.com (2018-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
- ↑ „De Ceglie riparte dal Miami Beach: è ufficiale“ (it). www.goal.com (2020-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 2-noyabr.
- ↑ „Under 21: infortunio a De Ceglie“. Corriere dello Sport (2008-yil 23-may). 2012-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „De Ceglie ko, Europeo finito“. La Repubblica (2009-yil 24-iyun).
- ↑ 31,0 31,1 „Paolo De Ceglie“ (it). Juventus. 2015-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-may.
- ↑ Finale campionato primavera 2005-06
- ↑ „Juventus-Genoa 2–0“. Torneo Viageggio. 2006-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
- ↑ „Paolo De Ceglie“. Eurosport. Qaraldi: 2015-yil 21-may.
- ↑ http://www.uefa.com/newsfiles/19078.pdf [formatsiz URL PDF]
- 17-sentyabrda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Fransiyadagi muhojir futbolchilar
- 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Juventus F.K. oʻyinchilari
- Italiya futbolchilari
- Yashayotgan insonlar
- Futbolchilar
- Kishilar
- Erkak futbolchilar pozitsiyalari boʻyicha
- Alifbo boʻyicha sportchilar