Kontent qismiga oʻtish

Paul Erdős

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paul Erdős
Tavalludi 26-mart 1913-yil
Budapesht, Avstriya-Vengriya
Vafoti 20-sentyabr 1996-yil(1996-09-20)
(83 yoshda)
Varshava, Polsha
Istiqomat joylari Vengriya
Angliya
Isroil
AQSh
Fuqaroligi Vengriya
Sohasi Matematika
Ish joylari Manchester Victoria universiteti
Princeton universiteti
Purdue universiteti
Notre Dame universiteti
Quddus yahudiy universiteti
Texnion – Isroil texnologiya instituti
Akademik rahbarlari Lipót Fejér
Mashhur shogirdlari Joseph Kruskal
George B. Purdy
Alexander Soifer
Béla Bollobás
Mashhur ishlari Koʻplab ilmiy maqola (1500 dan ortiq) va gipoteza
Mukofotlari Cole mukofoti (1951)
Wolf mukofoti (1983/84)

Paul Erdős (talaffuzi: Pal Erdyosh) (26-mart 1913-yil — 20-sentyabr 1996-yil) — vengriyalik matematik. Erdős 20-asrning eng koʻp ilmiy maqola yozgan olimlaridan biridir: olim umumiy hisobda 1500 dan oshiq ilmiy maqola yozgan, ularnng taxminan 500 tasini – boshqa matematiklar bilan hamkorlikda. 1983-yilda Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Erdős 17 yoshida Budapesht universitetiga qabul qilingan. 20 yoshida Cherbishev teoremasini isbotlagan. 1934-yilda 21 yoshida matematika boʻyicha PhD darajasini olgan. Yahudiy boʻlgani uchun xatardan qutilish uchun Vengriyani tark erib, AQShga koʻchib borgan. Erdősni „gʻalati inson“ deya taʼriflashgan. Olim umri davomida bir yerda uzoq yashamagan, doim sayohat qilib, boshqa matematiklar bilan hamkorlikda maqola yozgan. Hech qachon oila qurmagan, atrofidagi jism va shaxslarni oʻz oʻylab topgan atamalar bilan atagan.

Erdős zamonaviy matematikaning turli sohasida ishlagan: kombinatorika, graflar nazariyasi, sonlar nazariyasi, matematik analiz, yaqinlashuv nazariyasi, toʻplamlar nazariyasi va ehtimollik nazariyasi. Olim chekli matematika sohasida koʻplab masala yechimini topgan. Erdős butun umrini matematika bagʻishlagan. Olim Varshavada geometriya masalasini yechganidan bir necha soat oʻtib vafot etgan.