Perikard
Qiyofa
Perikard (peri... va yun. cardia — yurak) — odam va umurtqali hayvonlarda yurakni oʻrab turadigan yopiqxal-tasimon tuzilma. Tashqi — fibroz va ichki — seroz qavatlardan iborat. Seroz kavat visseral (epikard) va pariyetal qavatlarga boʻlinadi. Shu qavatlar orasidagi P. boʻshligʻida och sargʻish tiniq seroz suyuklik bor. Epikard yurak yuzasiga zich yopishgan. Tashqi qavat (asl P.) P. boʻshligʻini koʻkrak boʻshli-gʻidan ajratib turadi. P.da qon va limfa tomirlari, juda koʻp nerv uchlari boʻladi. P. biriktiruvchi toʻqimadan iborat gʻovak kletchatka bilan oʻralgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |