Peso
Qiyofa
Peso (ispancha peso — vazn, boʻlak) — 1) Argentina pul birligi. 1970-yildan muomalaga chikarilgan. 1P. = 100 sentavo. Xalkaro ifodasi ARP. 1 AQSH dollari = 2,89 P. (2003, may); 2) Meksika pul birligi. Sh.=100 sentavo. Xal-karo ifodasi MXR. 1AQSH dollari = 10,77 P. (2003, mart); 3) Filippin pul birligi. 1970-yildan muomalaga chiqarilgan. 1 P.=100 sentavo. Xalkaro ifodasi RNR. 1 AQSH dollari =55,07 P. (2003, mart); 4) Chili pul birligi. 1851-yildan muomalaga chiqarilgan. 1P.=100-sentabr Xalqaro ifodasi CLP. 1 AQSH dollari = 706,5 P. (2003, may). Shuningdek, Boliviya, Kolumbiya, Kuba, Urugvay davlatlari pul birliklari ham P. ataladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |