Portsmouth (New Hampshire)
Portsmouth | |
---|---|
Shahar | |
43°4′33″N 70°45′39″W / 43.07583°N 70.76083°W | |
Mamlakat | AQSh |
Asos solingan | 1630-yil |
Maydon | 16.82 km2 (6.49 kv mi) |
Aholisi (2020) |
21 956 |
Zichligi | 1401.95 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC-5 |
|
Portsmouth (talaffuzi: Portsmut) — AQShning New Hampshire shtatida joylashgan shahardir. 2020-yilgi aholini roʻyxatga olishda shahar aholisi 21 956 kishini tashkil qilgan[1].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosiga koʻra, shaharning umumiy maydoni 16.8 kvadrat milya (43.6 km2) tashkil qiladi, shundan 15.7 kvadrat milya (40.6 km2) quruqlik va 1.2 kvadrat milya (3.0 km2) yoki 6,92% suvdan iborat[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Portsmouth, Rockingham okrugidagi yagona shahar, ammo aholisi soni boʻyicha shitatda toʻrtinchi oʻrinda turadi, aholisi Derriy, Londonderry va Salem shaharlariga qaraganda kamroqdir.
2010-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 21 233 kishi, 10 014 xonadon va 4 736 oila istiqomat qiladi. Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 1361,1 nafar kishi. Shaharning irqiy tarkibi 91,5% oq tanli, 1,7% afro-amerikalik, 0,2% tubjoy amerikaliklar, 3,5% osiyoliklar, 0,01% Tinch okeani orollari, 0,7% boshqa irqlar va 2,3% ikki yoki undan ortiq irqlardan iborat edi. Har qanday irqga mansub ispan yoki lotinlar aholining 2,8 foizini tashkil etadi.
Shaharda 10 014 ta xonadon mavjud boʻlib, ulardan 20,2 foizida 18 yoshgacha boʻlgan bolalari bor, 35,5 foizida birga yashaydigan er-xotinlar, 8,3 foizida turmush oʻrtogʻi boʻlmaganlar, 52,7 foizida oilasizlar edi. Barcha uy xoʻjaliklarining 39,2 foizi jismoniy shaxslardan iborat boʻlib, 11,8 foizi esa 65 yosh va undan katta boʻlgan yolgʻiz yashaydigan kishilardan iborat.
Shahar aholisi yosh taqsimotiga koʻra, 16,6% 18 yoshgacha, 7,7% 18 yoshdan 24 yoshgacha, 32,2% 25 yoshdan 44 yoshgacha, 27,6% 45 yoshdan 64 yoshgacha va 15,9% 65 yosh yoki yoshi kattaroqdir. Aholining oʻrtacha yoshi 40,3 yoshni tashkil etadi. Har 100 ayolga 94,2 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga 92,6 erkak toʻgʻri keladi[3].
2010—2014-yillarda shaharning oʻrtacha yillik daromadi 67 679 dollarni, oilaning oʻrtacha daromadi esa 90 208 dollarni tashkil qildi. Toʻliq vaqtli erkak ishchilarning oʻrtacha daromadi 58 441 dollarni, ayollarniki esa 45 683 dollarni tashkil etdi. Shaharning aholi jon boshiga daromadi 42 724 dollarni tashkil etdi. Oilalarning qariyb 4 foizi va aholining 7,6 foizi qashshoqlik chegarasidan past boʻlgan, shu jumladan 18 yoshgacha boʻlganlarning 6,9 foizi va 65 yoshdan oshganlarning 7,1 foizi qashshoq hisoblanadi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Portsmouth city, Rockingham County, New Hampshire: 2020 DEC Redistricting Data (PL 94-171)“. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
- ↑ „2021 U.S. Gazetteer Files – New Hampshire“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
- ↑ „Profile of General Population and Housing Characteristics: 2010 Census Summary File 1 (DP-1): Portsmouth city, New Hampshire“. American Factfinder. U.S. Census Bureau. 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
- ↑ „Selected Economic Characteristics: 2010–2014 American Community Survey 5-Year Estimates (DP03): Portsmouth city, New Hampshire“. American Factfinder. U.S. Census Bureau. 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.