Qimor
Qimor (shuningdek, dov qòyish yoki oʻyin deb ham ataladi) – bu boshqa qiymatga ega narsani yutib olish maqsadida tasodifiy hodisaga qiymatli nimanidir („dov“) tikish, bu yerda strategiya holatlari kamaytiriladi. Shunday qilib, qimor uchta elementni talab qiladi: hisobga olish (belgilangan summa), tavakkal qilish (imkoniyat) va mukofot.
Qimor oʻyinlari yirik xalqaro tijoriy faoliyat hisoblanib, 2009-yilda qonuniy qimor bozorining umumiy qiymati taxminan 335 milliard dollarni tashkil etgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mesopotamiyada eng qadimgi olti qirrali oʻyin donalari miloddan avvalgi 3000-yillarga borib tarqaladi. Ammo ular undan bir necha ming yil oldin paydo boʻlgan astragallar asosida yaratilgan. Xitoyda miloddan avvalgi birinchi mingyillikda qimorxonalar keng tarqalgan boʻlib, hayvonlar jangiga garov oʻynash odatiy hol boʻlgan. Lotto oʻyinlari va dominolar (Pai Gow oʻyinining ajdodlari) Xitoyda X asrdayoq paydo boʻlgan[2].
Oʻyin kartalari milodiy IX asrda Xitoyda paydo boʻlgan. Yaponiya qimor oʻyinlarining tarixi XIV asrga borib taqaladi[3].
Poker AQShning qimor bilan bogʻliq eng mashhur karta oʻyini boʻlib, XVII asrga oid fors oʻyini As-Nasdan kelib chiqqan[4].
Dastlabki kazino Ridotto 1638-yilda Italiyaning Venetsiya shahrida oʻz faoliyatini boshlagan[5].
Buyuk Britaniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asrlar davomida qimor Buyuk Britaniyada asosiy hordiq chiqarish mashgʻuloti boʻlib kelgan[6]. Ot poygasi uch asrdan ortiq vaqt davomida sevimli mavzu boʻlib kelgan[7] . U qattiq tartibga solingan[8]. 2005-yilda mamlakatda „Gambling Act 2005“ nomli normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan boʻlib, ushbu normativ hujjat tavakkalchilikka asoslangan turli qimor oʻyinlariga litsenziya berish tartibini va ushbu turdagi faoliyatni nazorat qiluvchi organ – Gambling komissiyasi (Gambling Comission)ning vakolatlarini belgilab berishga qaratilgan[9].
Singapur
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qimor oʻyinlari Singapur tarixining bir qismi boʻlib, u koʻp yillar davomida hukumat tomonidan qatʼiy nazorat qilingan. XX asr oʻrtalarida noqonuniy qimor oʻyinlari keng tarqalgan. Biroq, 2010-yilda tartibga solinuvchi kazinolarning ochilishi bilan yondashuv oʻzgargan. Bugungi kunda hukumat qimor oʻyinlarining noqonuniy faoliyatlari oldini olish uchun qatʼiy qonunlarni joriy etmoqda[10][11][12][13].
Amerika Qoʻshma Shtatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qimor oʻyinlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida asrlar davomida mashhur faoliyat boʻlib kelgan[14]. Shu bilan birga, u deyarli shuncha vaqt davomida koʻplab hududlarda qonun yoʻli bilan taʼqib ostiga olingan. XX asr boshlariga kelib, qimor oʻyinlari butun AQSH boʻylab deyarli bir xil ravishda noqonuniy deb topilgan[15][16].
Oʻzbekiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston hududida turli koʻrinishdagi qimor oʻyinlari tashkilotchisi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 75 ming (28,12 mlrd soʻm) baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisi bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravari (15 mlrd soʻm) miqdorida agentlikka zaxira mablagʻlarini qoʻyishlari mumkin[17]. Vazirlar Mahkamasining 176-sonli 2007-yil 16-avgustdagi qaroriga binoan, 2007-yil 1-sentabrdan boshlab respublikada qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan turli oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish taqiqlangan[18][19]. Shuningdek, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 191-moddasiga koʻra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan turli xil oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etishgan shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin[20]. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarma boshligʻi Nodir Joʻrayevning aytishicha, bir yil davomida taxminiy hisobda qimor oʻyinlariga Oʻzbekistondan 300 million dollardan 1 milliard dollargacha boʻlgan mablagʻ chet elga chiqib ketishi kuzatilgan[21].
Tartibga solish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻplab mahalliy va milliy huquqiy tizimlar qimor oʻyinlarini yo taqiqlaydi, yo sotuvchilarni litsenziyalash orqali qattiq nazorat qiladi. Bunday tartibga solish odatda qimorning rivojlanishiga va taqiqlangan hududlarda noqonuniy qimor oʻyinlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Hukumatning tartibga solish va soliqqa tortish orqali aralashuvi natijasida koʻplab hukumatlar va qimor tashkilotlari oʻrtasida yaqin aloqa oʻrnatilgan. Bunday holatlarda qonuniy qimor oʻyinlari davlat uchun sezilarli daromad manbai boʻlib xizmat qiladi, masalan, Monako va Xitoyning Makao mintaqasida boʻlgani kabi.
Baʼzi yurisdiksiyalarda qimor yoshi qimor turiga qarab farq qiladi. Masalan, Amerikaning koʻplab shtatlarida kazinoga kirish uchun 21 yoshdan oshgan boʻlish kerak. Ammo 18 yoshga toʻlgandan soʻng lotereya chiptasini sotib olish mumkin[22].
Diniy qarashlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buddaviylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Budda qimor oʻyinini Singalovada Sutrada halokat manbai deb taʼkidlagan.
Hinduiylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi hind sheʼriyatida, masalan, Gambler’s Lament (Qimorbozning shikoyati) va Mahabharata kabi asarlar qadimgi hindlar orasida qimor oʻynashning mavjudligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga uning yomon taʼsirini ham ifodalaydi.
Yahudiylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi yahudiy davlat organlari qimor oʻynashga salbiy qarashgan, hatto ashaddiy qimorbozlarni sudda guvohlik berishdan ham mahrum qilganlar[23].
Xristianlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Protestantizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]Protestantlar orasida qimorga boʻlgan qarashlar turlicha boʻlib, baʼzilari aʼzolarining qimor oʻynashiga qarshi turadi yoki uni taqiqlaydi. Metodistlar, zohiriy muqaddaslik doktrinasi asosida, qimorni qoralashadi. Chunki ular bunga nishon sifatida hirs va ochkoʻzlikni qoʻzgʻatadigan gunoh sifatida qarashadi. Qimorni rad etadigan boshqa diniy oqimlar qatoriga Birlikdagi Metodistlar Cherkovi[24], Erkin Metodistlar Cherkovi[25], Evangelik Vezliyan Cherkovi[26], Najot Armiysi[27] va Nazarliya Cherkovi kiradi[28].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kazino
- Qo‘shma Shtatlardagi qimor
- Qo‘shma Shtatlardagi qimor o‘yinlari tarixi
- Birlashgan Qirollikdagi qimor o‘yinlari tarixi
- O‘yinlar ro‘yxati
- Lotereya
- Onlayn qimor
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „You bet“ (2010-yil 8-iyul). 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Schwartz, David. Roll The Bones: The History of Gambling. Winchester Books, 2013. ISBN 978-0-615-84778-8.
- ↑ Murdoch, James. A History of Japan, reprint, London: Psychology Press, 1926 — 325–326-bet. ISBN 978-0-415-15417-8. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel. „Many Japanese are naturally prone to gambling; in the old Kyoto court the vice was rife, and in the fourteenth and fifteenth centuries samurai would often stake their arms, armour, and horse trappings on a cast of the dice, even on the eve of a battle, and so have to go into action in incomplete panoplies, and sometimes with no armour at all. In Tokugawa times the vice did not reach this extent among the samurai, but it became common in Yedo and continued to be so throughout the history of the city.“
- ↑ Wilkins, Sally. Sports and Games of Medieval Cultures. Greenwood, 2002. ISBN 978-0-313-36079-4.
- ↑ Thomassen, Bjørn. Liminality and the Modern: Living Through the In-Between. Ashgate Publishing, Ltd., 2014 — 160-bet. ISBN 978-1-4094-6080-0.
- ↑ Roger Munting, An economic and social history of gambling in Britain and the USA. (Manchester UP, 1996).
- ↑ Mike Huggins, Flat racing and British society, 1790-1914: A social and economic history (Routledge, 2014).
- ↑ David Forrest, „An economic and social review of gambling in Great Britain.“ Journal of Gambling Business and Economics 7.3 (2013): 1-33.
- ↑ „Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning jiddiy oqibatlari“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 14-dekabr.
- ↑ „Asia Sentinel - Independent news and analysis about Asia's politics, economics, culture and more“. Asia Sentinel. 2010-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-aprel.
- ↑ Prime Minister Lee Hsien Loong. „Proposal to develop Integrated Resorts“. Developing Industries > Integrated Resorts > Ministerial Speeches & Comments. Ministry of Trade and Industry, Singapore (2005-yil 18-aprel). — „The first question was whether to have IRs at all. The answer was yes. Having settled that, the next question was whether to have one or two IRs. We decided on two IRs, because the Bayfront and Sentosa projects complement each other, because having two provides competition and critical mass, and because we believe that two projects will bring more economic benefits, without increasing the social cost commensurately; After weighing the matter carefully, the Cabinet has collectively concluded that we had no choice but to proceed with the IRs. As Prime Minister, I carry the ultimate responsibility for the decision.“. 2007-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 17-yanvar.
- ↑ Tan, Theresa. „Floating casino draws Singaporeans who loath to pay 900 levy at home“ (en). The Straits Times (2015-yil 15-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
- ↑ Auto, Hermes „New laws on social gambling in Singapore to take effect from Aug 1 | The Straits Times“ (en). www.straitstimes.com (2022-yil 31-iyul). Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
- ↑ Roger Munting, An economic and social history of gambling in Britain and the USA. (Manchester U. Press, 1996).
- ↑ „History of Gambling in the United States“, Gambling in California. California State Library, March 1997.
- ↑ E.g., Constitution of Louisiana, 1974, Art. VII, Sec. 6(B).
- ↑ „Hukumat qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqladi“. spot.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
- ↑ „QIMOR O‘YINLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNI YANADA TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
- ↑ „O‘zbekiston kartalaridan onlayn qimor o‘yinlariga transchegaraviy o‘tkazmalar taqiqlandi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
- ↑ „Hukumat qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqladi“. xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
- ↑ „O‘zbekistonda qimor o‘yinlariga nega qonuniy ruxsat berildi?“. uz24.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
- ↑ Rose, I. Nelson. Pathological Gambling: A Critical Review. Washington, D.C., USA: National Academies Press, 1999. ISBN 9780309065719.
- ↑ Berel Wein. „Gambling“. torah.org. 2010-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-iyul.
- ↑ „Book of Resolutions: Gambling“.
- ↑ „The Free Methodist Church (UK) | Why we don't encourage gambling“. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-avgust.
- ↑ The Discipline of the Evangelical Wesleyan Church (en). Evangelical Wesleyan Church, 2015 — 60–61-bet.
- ↑ „Why Donʼt Salvationists Drink, Smoke or Gamble?“ Water Beach and Soham Salvation Army Community Church (WaterBeachSalvationArmy.org.uk). Archived 13 February 2016.
- ↑ „The Church of the Nazarene, Doctrinal and Ethical Positions“.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chambers, Kerry. Gambling for profit: Lotteries, gaming machines, and casinos in cross-national focus (U of Toronto press, 2011).
- Ferentzy, Peter, and Nigel Turner. „Gambling and organized crime-A review of the literature.“ Journal of Gambling Issues 23 (2009): 111–155.
- Ferentzy, Peter, and Nigel E. Turner. A history of problem gambling (Springer-Verlag, 2013) (Wayback Machine saytida 4 November 2018 sanasida arxivlangan)
- Haller, Mark H. „The changing structure of American gambling in the twentieth century.“ Journal of Social Issues 35.3 (1979): 87–114.
- Richard, Brian. „Diffusion of an economic development policy innovation: Explaining the international spread of casino gambling.“ Journal of Gambling Studies 26.2 (2010): 287–300. Online
- Schwartz, David G. Roll The Bones: The History of Gambling (2006), scholarly history with global perspective excerpt