Kontent qismiga oʻtish

Qoraqaragʻay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraqaragʻay - qaragʻaydoshlarga mansub doim yashil ignabargli daraxtlar turkumi. 36 turi maʼlum. Yevrosiyoda 27, Shimoliy Amerikada 9 turi tarqalgan. Oʻzbekistonda oddiy yoki yevropa Q.i va Shrenk Q.i turi oʻsadi. Oddiy yoki yevropa Q.ining boʻyi 15—20 (30— 50)m, piramidasimon. Poʻstlogʻi qizgʻish-qoʻngʻir yoki kulrang. Ignabarglari 15–25 mm, zich joylashgan, oʻtkir uchli. kurtaklari tigʻsimon, smolasiz. Novdalari qattiq, 5—7 yil davomida saqlanib turadi. Alohida oʻsgan daraxtlar 10— 15, oʻrmonlarda esa 25—30 yoshidan gullaydi. Shamol yordamida changlanadi. Qubbalari tuxumsimon. Urugʻi oktabr-noya-b.da pishib yetiladi. 250-800 yilgacha yashaydi, sovuqqa chidamli. Yogʻochi oq, yengil, qattiq. 80— 120 yildan keyin qirqib foydalanish mumkin. Yogʻochi qurilishda, sellyulozaqogʻoz sanoatida, mebel, musiqa asboblari, temir yoʻl shpallari tayyorlashda ishlatiladi. oʻtin sifatida foydalaniladi. ignabarglaridan efir moyi, S vitamini, poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar olinadi. Koʻproq koʻkalamzorlashtirish va togʻ ihotasi uchun ekiladi. Urugʻidan va parxish qilib hamda qalamchalaridan koʻpaytiriladi.