Kontent qismiga oʻtish

Ramazon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ramazon — hijriy yil hisobining toʻqqizinchi oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammadga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro'za tutish buyuriladi.

Ramazon — arablarda islomdan avvalgi toʻrt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi Muhammadga birinchi vahiy kelgan. Ramazonda roʻza tutish hijratdan 17-18 oy keyin, yaʼni qibla tomon oʻzgartirilgandan bir oydan soʻng joriy etilgan.

Ramazon — 1) hijriy yil hisobining 9-oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammadga Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi.

Ramazon — arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27kuniga oʻtar kechasi Muhammadga Qurʼon nozil qilingan (qarang Laylatul-qadr)

. Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2yili joriy etilgan.

Musulmon mamlakatlarida Ramazonga oid marosim va anʼanalar har bir oʻlkaning oʻziga xos urfodatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.

2) Ramazon munosabati bilan aytiladigan marosim qoʻshigʻi. Ramazon oyida kun botgandan soʻng bolalar koʻchamakoʻcha yurib, har bir xonadon eshigi oldida Ramazon qoʻshigʻini aytishadi. Ramazon qoʻshiklari xonadonga yaxshilik, rizq, farzand, baraka tilash, Ramazonning muqaddas oyligini madh etishdan iborat. Ramazon aytish tugagach, xonadon egalari Ramazon aytuvchilarga non, shirinlik, pul, kiyimlik va boshqa inʼomlar chiqarib berishadi.

Ramazon bilan bogʻliq koʻp sanalar ichida Rasululloh Muhammadning nabiralari Husash tavallud topgan kun (6-kun), Muhammadning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr jangi kuni (17-kuni), Muhammadning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun), Ali va imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar eʼzozlanadi. Roʻzaning tugashi iyd al-fitr bayrami bilan nishonlanadi. Turli musulmon mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni Ramazon oyiga toʻgʻri kelib qolishi natijasida Ramazonga oid marosim va anʼanalar ham har bir mamlakatda oʻziga xos oʻtkaziladi.




Islomiy taqvim

Muharram | Safar | Rabiulavval | Rabiussoni | Jumodilavval | Jumodissoni | Rajab | Shaʼbon | Ramazon | Shavvol | Zulqaʼda | Zulhijja