Kontent qismiga oʻtish

Sandro Ramírez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sandro Ramírez Castillo (talaffuzi: Sandro Ramires Kastilyo) — 1995-yil 9-iyulda Ispaniyaning Kanariya shtatida tugʻilgan. „Las-Palmas“ klubida markaziy hujumchi sifatida faoliyat yuritadi.

Sandro
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sandro Ramírez Castillo
Tavallud sanasi 9-iyul 1995-yil (1995-07-09) (29 yosh)
Tavallud joyi Las Palmas, Ispaniya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Las Palmas
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2002 Barrio Atlántico
2002—2009 Las Palmas
2009—2013 Barcelona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Barcelona B 61 (15)
2014—2016 Barcelona 17 (2)
2016—2017 Málaga 30 (14)
2017—2020 Everton 8 (0)
2018Sevilla (ljara) 13 (0)
2018—2019Real Sociedad (ljara) 24 (0)
2019—2020Valladolid (ljara) 24 (3)
2020- Huesca 20 (5)
2021—2022Getafe (ljara) 29 (3)
2022-Las Palmas (ljara) 2 (1)
Milliy terma jamoa
2011 Ispaniya U16 6 (5)
2011—2012 Ispaniya U17 4 (9)
2013 Ispaniya U18 2 (1)
2013—2014 Ispaniya U19 7 (4)
2014—2017 Ispaniya U21 7 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-oktyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sandro Ramírez oʻz faoliyatini „Las-Palmas“ klubida boshlagan, soʻngra „Espanyol“ jamoasida qisqa vaqt oʻtkazgan va 2009-yilda „Barcelona“ jamoasiga oʻtgan. 2013—2014-yilgi mavsumda Sandro Ramírez klubning ikkinchi jamoasi „Barcelona B“ga oʻtdi va 7 ta gol urdi. Keyingi mavsumda u „Barcelona“ asosiy jamoasida debyut qildi. Bu 19-iyul kuni „Recreativo“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida sodir boʻldi. Yosh ispaniyalik futbolchi ikkinchi boʻlimda Adam Traore oʻrniga maydonga tushdi. 9-avgust kuni u jamoa uchun birinchi golini Finlandiya „HJKA“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[1]. 18-avgust kuni u meksikaning „Leon“ jamoasiga qarshi Joan Gamper kubogi uchun oʻyinda oltinchi golini urdi[2]. 31-avgust kuni Sandro Ramírez „Vilyarreal“ bilan oʻyinda (1:0) debyut qildi[3]. Futbolchi uchrashuvning 70-daqiqasida Pedro Rodriges oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi va gʻalaba golini kiritdi[4][5]. 17-sentabr kuni u Chempionlar ligasida ilk bor Kiprning „APOEL“ jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[6]. U yevrokuboklardagi ilk golini Amsterdamning „Ajax“ klubiga qarshi uy uchrashuvida (3:1) kiritdi[7]. U Ispaniya kubogidagi ilk golini 16-dekabr kuni „Huesca“ga qarshi oʻyinda (8:1) kiritdi[8].

2016-yil boshida Sandro Ramírezga „Betis“, Italiyaning „Fiorentina“ va Angliyaning „Newcastle United“ klublari qiziqish bildirgan edi[9][10]. „Barcelona“ bilan u ikki marta Liga va Ispaniya Kubogini, shuningdek, Chempionlar Ligasi va Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatini qoʻlga kiritdi[11].

Xalqaro karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Sandro Ramírez 2013-yilda Litvada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi[12][13]. Turnirda u Portugaliya, Litva, Gollandiya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15]. Portugal va gollandlarga qarshi janglarda Sandro Ramírez bittadan gol urdi.

2017-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Sandro Ramírez 2017-yilda Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi[16][17]. Turnirda u Makedoniya, Portugaliya, Italiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Portugaliyaliklarga qarshi kechgan duelda Sandro Ramírez gol urdi[18][19].




Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
F. C. Barcelona „B“Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2013-2014 31 7 31 7
2014-2015 30 8 30 8
Jami 61 15 61 15
F. C. BarcelonaIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2014-2015 7 2 2 1 3 1 12 4
2015-2016 10 0 6 3 4 0 20 3
Jami 17 2 8 4 7 1 32 7
Málaga C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2016-2017 30 14 1 2 31 16
Jami 30 14 1 2 31 16
Everton F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2017-2018 8 0 1 0 6 1 15 1
Sevilla F. C.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2017-2018 13 0 2 0 3 0 18 0
Jami 13 0 2 0 3 0 18 0
Everton F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2018-2019 0 0 1 0 1 0
Jami 8 0 2 0 6 1 16 1
Real SociedadIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2018-2019 24 0 2 0 26 0
Jami 24 0 2 0 26 0
Real Valladolid C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2019-2020 24 3 2 1 26 4
Jami 24 3 2 1 26 4
S. D. HuescaIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2020-2021 20 5 0 0 20 5
Jami 20 5 0 0 20 5
Getafe C. F.Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2021-2022 29 3 1 1 30 4
Jami 29 3 1 1 30 4
U. D. Las PalmasIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2022-2023 5 1 0 0 5 1
Jami 5 1 0 0 5 1
Umumiy karyerasida 231 43 18 8 16 2 265 53

Jamoaviy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Barcelona“

  • Ispaniya chempioni (2): 2014-2015, 2015-2016
  • Ispaniya kubogi sohibi (2): 2014-2015, 2015-2016
  • Chempionlar ligasi gʻolibi: 2014-2015
  • UEFA Superkubogi sohibi: 2015-yil
  • Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi: 2015-yil

Ispaniya (U19)

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2013-yil

Ispaniya (U21)

  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2017-yil
  1. „ХИК VS. Барселона 0:6“ (ruscha). soccerway.com (2014—08—09). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  2. „Барселона VS. Леон 6:0“ (ruscha). soccerway.com (2014—08—18). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  3. „Вильярреал VS. Барселона 0:1“ (ruscha). soccerway.com (2014—08—31). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  4. „Сандро Рамирес в дебютном матче принес победу «Барселоне» над «Вильярреалом»“. 29-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2015-yil.
  5. „Match Report“. 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2014-yil.
  6. „Барселона VS. АПОЭЛ 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (2014—09—17). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  7. „Барселона VS. Аякс Амстердам 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (2014—10—21). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  8. „Барселона VS. Уэска 8:1“ (inglizcha). soccerway.com (2014—12—16). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  9. „«Бетис» нацелился на нападающего «Барселоны» Сандро“ (ruscha). sports.ru (2016—01—19). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  10. „«Фиорентина» интересуется Сандро Рамиресом и Муниром“ (ruscha). sports.ru (2016—01—03). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  11. „Наставник «Ньюкасла» хочет подписать нападающего «Барселоны»“ (ruscha). sports.ru (2016—01—22). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  12. „Испания (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:0“ (ruscha). soccerway.com (2013—07—20). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  13. „Нидерланды (до 19) VS. Испания (до 19) 2:3“ (ruscha). soccerway.com (2013—07—26). 10-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  14. „Литва (до 19) VS. Испания (до 19) 0:2“ (ruscha). soccerway.com (2013—07—23). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  15. „Испания (до 19) VS. Франция (до 19) 1:2“ (ruscha). soccerway.com (2013—07—29). 10-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
  16. „Португалия (до 21) VS. Испания (до 21) 1:3“ (inglizcha). soccerway.com (2017—06—20). 8-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  17. „Испания (до 21) VS. Македония (до 21) 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (2017—06—17). 25-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  18. „Испания (до 21) VS. Македония (до 21) 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (2017—06—30). 12-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  19. „Испания (до 21) VS. Италия (до 21) 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (2017—06—27). 8-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.