Kontent qismiga oʻtish

Seksologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seksologiya — insonning jinsiy hayoti fiziologiyasini urganadigan fan; jinsiy hayot toʻgʻrisidagi bilimlar va ilmiy tadqiqotlar sohasi. S.ga oid dastlabki bilimlar qad. afsonalar va qadimiy tibbiyotda ham boʻlgan. Jinsni obyektiv oʻrganish Yevropada Uygʻonish davrida boshlangan. Turli tadqiqotlar majmui — biologiya, tibbiyot, ijtimoiy-tarixiy va psixologik yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan hozirgi zamon S.si 40-yillarning oʻrtalarida shakllandi. S. muammolari bilan turli soha mutaxassislari: psixiatrlar, psixologlar, sotsiologlar, biologlar va boshqa shugʻullanadilar.

Hozirgi S.ning biologik-tabiiy yoʻnalishi jinsning biologik asoslarini oʻrganadi; bunda jinsning shakllanishida biologik va madaniy-ijtimoiy omillar mutanosibligi (psixoseksual uzgarishlarni aniklash va bartaraf etishda amaliy ahamiyati bor), turli jinsiy belgilar, jumladan, jinsiy gormonlarning erkaklar va ayollar psixikasi va xulq-atvoriga taʼsiri, jinsiy funksiyalar (seksual oʻzgarishlarning diagnostikasi va davosi uchun asos boʻladi) tadqiq qilinadi.

Tadqiqotlarning ijtimoiy-tarixiy yoʻnalishi erkaklar va ayollarning ijtimoiy funksiyalari va faoliyat shakllarining oʻziga xosligini oʻrganadi; yosh, kasb-hunar, sinf, region, millat va sh.k.ga bogʻliq jinsiy xulq-atvor va maʼnaviy anʼanalar haqida maʼlumot toʻplaydi va umumlashtiradi; jinsiy xulq-atvor meʼyorlarining tarixiy evolyusiyasini aniqlaydi, jinsiy tarbiya va maʼrifat usullarining taʼsirchanligini tekshiradi.

S.ning psixologik yoʻnalishi yoshga qarab boʻladigan seksual xususiyatlarni, jumladan, oʻsmirlar va yoshlar seksual holatini, jinsiy atvorining individual xususiyatlarini va u bilan bogʻliq sezgi hayajonlarni (sezgierotik va maʼnaviy axloq komponentlarini), shuningdek, seksual holatning ijtimoiypsixologik hamda solishtirmapsixologik masalalarini oʻrganadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil