Sergi Barjuán
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sergi Barjuán Esclusa | ||
Tavallud sanasi | 28-dekabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Les Franqueses, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.72 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1978—1988 | Granollers | ||
1988—1990 | Barcelona | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990—1992 | Barcelona C | ||
1992—1993 | Barcelona B | 42 | (4) |
1993—2002 | Barcelona | 267 | (6) |
2002—2005 | Atlético Madrid | 85 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1990 | Ispaniya U18 | 1 | (0) |
1993—1994 | Ispaniya U21 | 5 | (0) |
1994—2002 | Ispaniya | 56 | (1) |
1998—2004 | Cataloniya | 4 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2009—2011 | Barcelona (yoshlar) | ||
2012—2014 | Recreativo | ||
2015 | Almería | ||
2017 | Mallorca | ||
2017—2019 | Zhejiang Greentown | ||
2021—2022 | Barcelona B | ||
2021 | Barcelona (interim) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sergi Barjuán Esclusa (talaffuzi: Serji Barjuan) (1971-yil 28-dekabrda tugʻilgan), Sergi nomi bilan tanilgan, ispaniyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi, hozirda murabbiy.
„Barselona“dagi faoliyati bilan mashhur boʻlib, u toʻqqiz mavsum davomida asosiy jamoada oʻynagan va toʻqqizta yirik chempionlikni qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshgan. Professional klubdagi debyutidan koʻp oʻtmay Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan va u ikkita Jahon chempionati hamda ikkita Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.
2009-yilda Barjuán „Rekreativo“, „Almeriya“ va „Malyorka“ klublarini boshqarib, murabbiylik faoliyatini boshlagan.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kataloniyaning Barselona shahridagi Les Franqueses del Vallès shahrida tugʻilgan Sergi "Barselona " akademiyasida tahsil olgan. Keyinchalik u asosoiy jamoaga chaiqirilgan. 1999-yilgacha xar mavsumda 31 tadan kam oʻyin oʻtkazmagan va jamoaning shubhasiz asosiy oʻyinchisiga aylangan[1][2].
Murabbiy Lui van Gal bilan yuzaga kelgan muaommolardan soʻng, Sergi „ Atletiko Madrid“ga qoʻshilgan[3].
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Barselona"ning asosiy tarkibiga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, Sergi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan. Jamoadagi debyutini 1994-yil 9-fevralda Polsha bilan Santa-Kruz-de-Tenerifeda oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida amalga oshirgan[4]. U 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati, UEFA Yevro 1996, 1998-yilgi Jahon chempionati va Yevro 2000da qatnashgan. Terma jamoa libosida jami 56 ta oʻyin oʻtkazgan[5].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barselona (yoshlar)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil iyul oyida, bir necha yil marketing va yoshlar uchun futbol lagerlarida ishlagandan soʻng, Barjuan „Juvenil B“ murabbiyi sifatida Barselonaga qaytgan[6]. Oʻz faoliyati davomida u Jerar Deulofeu, Patrik va Rafinyaga ustozlik qilgan, ular oxir-oqibat kattalar jamoasida ham oʻynashgan[7].
Recreativo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barjuan professional jamoalar orasida birinchi ishini 2012-yil 22-mayda boshlagan. U Segunda Divisiónda Recreativo de Huelva jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan[8]. 18-avgust kuni oʻzining debyutida u Xerez CDga qarshi bahsda 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan[9].
El Dekanodagi ikkinchi yilida Barjuan soʻnggi kuni pley-off yoʻllanmasini qoʻldan boy bergan. Keyin u 2014-yil iyun oyida shartnomasini bekor qilgan va uning oʻrniga Xose Luis Oltra kelgan[10][11].
Almeria
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barjuan 2015-yilning 6-aprelida ishdan boʻshatilgan Xuan Ignasio Martinesni oʻrniga „UD Almeria“ga bosh murabbiy etib tayinlangan[12]. Uning bosh murabbiyligidagi birinchi oʻyini ikki kundan keyin boʻlib oʻtgan, sobiq klubi „Barselona“ga safarda 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan[13].
2015-yil 3-oktabrda Barjuan CD Tenerifega qarshi oʻz uyida 2:2 hisobidagi durangdan soʻng klubdan chetlatilgan[14].
Mallorca
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barjuan oʻz faoliyatini 2017-yil aprel oyida RCD Mallorcada davom ettirgan[15]. U mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin klubdan ketgan[16].
Zhejiang Greentown
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 26-noyabrida 45 yoshli Barjuan oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtgan va keyingi ikki mavsumda Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Zhejiang Greentown FC“ni boshqargan[17]. U 2019-yil 4-iyulda klubdan chetlatilgan[18].
Barselona B
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil iyun oyida Barjuan ikki yillik shartnoma asosida „Barselona Atletic“ga Fransisko Xaver Garsiya Pimientaning oʻrniga tayinlangan[19]. 28-oktyabr kuni Ronald Kuman ishdan boʻshatilgach, Barjuan asosiy tarkibga vaqtinchalik rahbarlik qilib tayinlangan[20]. Ikki kundan soʻng, debyutida uning jamoasi „Deportivo Alaves“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan[21]. Ikkinchi oʻyinda Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Dinamo Kiev"ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[22].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Barcelona | 1993—1994 | La Liga | 23 | 0 | 4 | 1 | 8 | 0 | 35 | 1 |
1994—1995 | 34 | 1 | 3 | 0 | 8 | 0 | 45 | 1 | ||
1995—1996 | 40 | 0 | 6 | 0 | 7 | 2 | 53 | 2 | ||
1996—1997 | 34 | 1 | 8 | 0 | 7 | 0 | 49 | 1 | ||
1997—1998 | 31 | 2 | 8 | 1 | 8 | 0 | 47 | 3 | ||
1998—1999 | 35 | 0 | 5 | 1 | 5 | 0 | 45 | 1 | ||
1999—2000 | 19 | 1 | 6 | 0 | 6 | 0 | 31 | 1 | ||
2000—2001 | 33 | 1 | 6 | 0 | 13 | 0 | 52 | 1 | ||
2001—2002 | 18 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 25 | 0 | ||
Jami | 267 | 6 | 46 | 3 | 69 | 2 | 382 | 11 | ||
Atlético Madrid | 2002—2003 | La Liga | 26 | 0 | 4 | 0 | - | 30 | 0 | |
2003—2004 | 32 | 0 | 5 | 0 | - | 37 | 0 | |||
2004—2005 | 27 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 31 | 0 | ||
Jami | 85 | 0 | 10 | 0 | 3 | 0 | 98 | 0 | ||
Karyerada jami | 352 | 6 | 56 | 3 | 72 | 2 | 480 | 11 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniya | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
1994-yil | 11 | 1 |
1995-yil | 6 | 0 |
1996-yil | 9 | 0 |
1997-yil | 4 | 0 |
1998-yil | 9 | 0 |
1999-yil | 5 | 0 |
2000-yil | 7 | 0 |
2001-yil | 4 | 0 |
2002-yil | 1 | 0 |
Jami | 56 | 1 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barselona
- La Liga : 1993—1994, 1997—1998, 1998—1999
- Qirol kubogi : 1996—1997, 1997—1998
- Ispaniya Superkubogi : 1994, 1996
- UEFA Kubogi egalari kubogi : 1996—1997
- UEFA Superkubogi : 1997-yil
Ispaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchinchi oʻrin: 1994-yil[23]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „El 'Dream Team' de Cruyff“ (ispancha). La Vanguardia (1-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
- ↑ Blanco. „Sergi, el reto que nace en Barcelona“ (ispancha). ESPN Deportes (7-aprel 2015-yil). Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
- ↑ Torelló, Roger. „Presentación con ilusión“ (ispancha). Mundo Deportivo (16-iyul 2002-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2014-yil.
- ↑ Ortiz, Fabián. „España empata, pero gusta“ (ispancha). Mundo Deportivo (10-fevral 1994-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2014-yil.
- ↑ Tylko, Ignacio. „Sergi Barjuan, mejor defensa que entrenador“ (ispancha). El Correo (28-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Sergi Barjuán, nuevo técnico del Juvenil "B" del Barcelona“ (ispancha). ABC (3-iyul 2009-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2009-yil.
- ↑ „Sergi Barjuan se enfrentará a ocho de sus pupilos en la cantera del Barça“ (ispancha). Mundo Deportivo (24-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Sergi Barjuán, confirmado como nuevo entrenador del Recreativo“ (ispancha). Sport (22-may 2012-yil). Qaraldi: 19-iyun 2012-yil.
- ↑ „"La derrota, injusta; han hecho dos goles casi sin tirar a puerta"“ (ispancha). Diario de Jerez (19-avgust 2012-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
- ↑ „José Luis Oltra, nuevo entrenador del Recreativo de Huelva“ (ispancha). Europa Press (27-iyun 2014-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
- ↑ Cabrera, Paco. „Paco Herrera se suma a la lista“ (ispancha). La Provincia (30-iyun 2014-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Sergi Barjuan es el nuevo entrenador del Almería por lo que resta de temporada“ (ispancha). UD Almería (6-aprel 2015-yil). Qaraldi: 9-aprel 2018-yil.
- ↑ „El líder cumple con su parte“ (ispancha). Marca (8-aprel 2015-yil). Qaraldi: 10-aprel 2015-yil.
- ↑ „El Almería destituye a Sergi Barjuan como entrenador del primer equipo“ (ispancha). UD Almería (3-oktabr 2015-yil). 2015-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2015-yil.
- ↑ Payarols, Lluís. „Sergi Barjuán, nuevo entrenador del Mallorca“ (ispancha). Sport (4-aprel 2017-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Sergi Barjuan deja el cargo de entrenador del Mallorca“ (ispancha). Diario AS (12-iyun 2017-yil). 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2018-yil.
- ↑ „Sergi Barjuan, nuevo entrenador del Hangzhou Greentown chino“ (ispancha). Diario AS (26-noyabr 2017-yil). 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2018-yil.
- ↑ Trullols, Joan. „Sergi Barjuán, cesado como entrenador del Zhejiang Greentown“ (ispancha). Sport (4-iyul 2019-yil). Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
- ↑ „Sergi Barjuan is the new Barça B coach“. FC Barcelona (17-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
- ↑ „Sergi Barjuan, caretaker coach of FC Barcelona“. FC Barcelona (28-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
- ↑ Sharma, Rik. „Barcelona 1–1 Alaves: Memphis ends drought but Rioja has last laugh“. Sport (30-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2021-yil.
- ↑ Bell, Arch. „Ansu Fati fires Barcelona past Dynamo Kyiv“. Marca (2-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2021-yil.
- ↑ Aguilar, Francesc. „España pierde la inocencia“ (ispancha). Mundo Deportivo (16-aprel 1994-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.