Kontent qismiga oʻtish

Shavkat Alimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shavkat Alimov
Tavalludi 2-mart 1945-yil (1945-03-02) (79 yosh)[1]
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Shavkat Orifjonovich Alimov 1945-yil 2-mart kuni tavallud topgan — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizika-matematika, fanlari doktori (1973), professor (1974). Moskva davlat universiteti (MDU)ni tugatgan(1967). MDUda (1974—84) ishlagan, Toshkent Davlat Universiteti kaf. mudiri va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida direktor oʻrinbosari (1984-85), Samarqand Davlat Universiteti (1985-1987), Toshkent Davlat Universiteti (1987—1989) rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1990-91), Toshkent Davlat Universiteti kaf. mudiri (1991-94). Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (1994—95), Oʻzbekiston Respublikasining XXRdagi favqulodda va muxtor elchisi (1995—98), Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va di-plomatiya universitetida prorektor (1998-yildan). Asosiy ilmiy ishlari matematik fizi-kaning xususiy hosilali differensial tenglamalari muammolariga, xususan oʻz-oʻziga qoʻshma elliptik operatorlarning spektral nazariyasiga, differensial va integral tenglamalar muammolariga bagʻishlangan. "Karrali qatorlar va Fu-re integrallari" monografiyasi Ger-maniyada ("Springer Verlag" nashriyoti) ingliz tilida nashr etilgan (1991). Be-runiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).[2]