Kontent qismiga oʻtish

Shilka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shilka
Tavsif
Uzunligi 560
Suv sarfi 550 m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Mintaqa Chita viloyati
Shilka

ShilkaRF Chita viloyatidagi daryo, Zabaykalyeda. Amur daryosining chap irmogʻi. Ingoda va Onon daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uz. 560 km, havzasining maydoni 206 ming km². Daryo togʻlar orasidagi tor va chuqur oʻzanda oqadi. Asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik oʻrtacha suv sarfi 550 m³/sek. noyabrdan muzlab, aprel oxiri — mayning boshlarida muzdan boʻshaydi. Sretensk shahri dan quyilish joyigacha kema qatnaydi, yogʻoch oqiziladi. Havzasida rangli metall va oltin konlari bor.