Sholapur
Qiyofa
Solapur — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatida. Dekan yassitogʻligining gʻarbiy qismida. Aholisi 620 ming kishidan ziyod (1990y.lar oʻrtalari). Savdotransport markazi. Ip gazlama va qand sanoatlari rivojlangan. Hunarmandchilikda gazlama toʻqiladi, metall, shisha va charmdan turli buyumlar tayyorlanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |