Taxurar
Taxurar — faqat xotinqizlar ishtirokida oʻtkaziladigan toʻy marosimidagi odatlardan biri. T. oʻgʻil (sunnat) va nikoh toʻyiga atab qilingan yangi koʻrpatoʻshaklarni taxmondagi sandiq ustiga yigʻish — taxt urishga bagʻishlangan: 1) Toshkent va Fargʻona vodiysida faqat xatna (sunnat) toʻyi marosimida utkazilgan. Bolani xatna kilishdan bir kun oldin bezatilgan xonaning taxmoni ustiga 8 ta yangi tikilgan koʻrpa, bitta koʻrpacha va 2 ta yostiq taxlanib namoyish qilingan. 2kuni toʻy oʻtib boʻlgach, bolani sunnat qilish vaqtida taxt urilgan taxmondan toʻshak, koʻrpa olinib bolani sunnat qilish uchun joy hozirlangan; 2) Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining ayrim tumanlarida nikoh toʻyidan keyin 3 kun oʻtgach, kelin va kuyovga qilingan yangi koʻrpatoʻshaklar bezatilgan xonaning toʻriga sandiq ustiga taxlab qoʻyilgan. Soʻng T. marosimi utkazilgan. Marosimga faqat ayollar chaqirilgan. Ularga taomlar va shirinliklar tortilgan, mehmondorchilik tugagach, goʻshanga (chimildiq) yigʻib olingan. Shu bilan T. tugagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |