Kontent qismiga oʻtish

Tomáš Galásek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tomáš Galásek
Galásek 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tomáš Galásek[1]
Tavallud sanasi 15-yanvar 1973-yil (1973-01-15) (51 yosh)
Tavallud joyi Frýdek-Místek, Chexoslovakiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1979—1991 Baník Ostrava
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991—1996 Baník Ostrava 121 (9)
1996—2000 Willem II 110 (11)
2000—2006 Ajax 154 (24)
2006—2008 1. FC Nürnberg 63 (4)
2008 Banik Ostrava 14 (0)
2009 Borussia Mönchengladbach 15 (0)
2009—2011 FSV Erlangen-Bruck 23 (2)
Milliy terma jamoa
1994—1996 Chexiya U21 15 (6)
1995—2008 Chexiya 69 (1)
Boshqargan klublari
2011—2012 FSV Erlangen-Bruck (assistent)
2012—2013 Chexiya milliy terma jamoasi (assistent)[2]
2013 FSV Erlangen-Bruck (yosh)
2013—2015 1. FC Schweinfurt 05 (assistent)
2015—2016 SpVgg SV Weiden
2018— Czech Republic (assistent)
2021—2022 Baník Ostrava (assistent)
2022 Baník Ostrava
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tomáš Galásek (talaffuzi: Tomash Galasek; 1973-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — chexiyalik sobiq futbolchi, hozirda murabbiy.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galásek oʻz faoliyatini 1991-yilda Baník Ostrava bilan boshlagan, 1997-yilda Willem II Tilburgga oʻtgan. Willem II bilan Erediviziyada tarixda ilk marotaba beshinchi oʻrinni egalladi, bu esa 30 yil ichida birinchi marta UEFA kubogi saralashiga yoʻllanmani ham berdi. Oʻshandan beri Galásek UEFA kubogida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. 1998—1999-yillarda Willem II o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan oshib, ligada ikkinchi o‘rinni egalladi. Tarixda birinchi marta Willem II UEFA Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oldi. Oʻsha musobaqada Galaşek Willem II safida beshta oʻyin oʻtkazdi.

Galásek 2000-yilning yozida Ajaxga oʻtdi. „Ajax“ bilan ikki marta mamlakat chempioni va bir marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan, Chempionlar ligasida 26 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Germaniya klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaganidan keyin 2006-yildan boshlab Bundesliganing 1. FC Nürnberg klubida oʻynay boshladi. 2008-yil 15-avgustda Banik Ostravaga qaytdi. 19-dekabr kuni Borussia Mönchengladbach klubi bilan shartnoma imzoladi. 2009-yil iyul oyida professional futboldan ketdi[3][4], lekin 2009-yil 31-avgustda FSV Erlangen-Bruck bilan shartnoma imzolab, Bayernligaga qaytdi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galásek 1995-yilda Chexiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Milliy terma jamoa bilan Yevro-2004 yarim finaliga chiqqan. 2006-yilgi jahon chempionatida Chexiya terma jamoasi sardori sifatida qatnashgan.

2008-yil iyun oyida, terma jamoasi UEFA Yevro 2008da Turkiyaga magʻlub boʻlgach, terma jamoani tark etdi va xalqaro faoliyatini yakunladi. Galásek 69 o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar[5]
Klub Mavsum Liga
Diviziya Ishtirok Gollar
Baník Ostrava 1991—1992 Birinchi liga 10 0
1992—1993 30 1
1993—1994 Gambrinus liga 30 0
1994—1995 25 3
1995—1996 26 5
Jami 121 9
Willem II 1996—1997 Eredivizion 16 0
1997—1998 31 3
1998—1999 32 5
1999—2000 31 3
Jami 110 11
Ajax 2000—2001 Eredivizion 33 8
2001—2002 23 1
2002—2003 30 5
2003—2004 29 4
2004—2005 13 2
2005—2006 26 4
Jami 154 24
1. FC Nürnberg 2006—2007 Bundesliga 32 2
2007—2008 31 2
Jami 63 4
Baník Ostrava 2008—2009 Gambrinus liga 14 0
Borussia Mönchengladbach 2008—2009 Bundesliga 15 0
FSV Erlangen-Bruck 2009—2010 Bayernliga 16 1
2010—2011 7 1
Jami 23 2
Jami faoliyati 500 50
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar[6]
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Chexiya Respublikasi 1995-yil 2 0
1998-yil 5 0
1999-yil 4 0
2001-yil 2 0
2002-yil 8 0
2003-yil 7 0
2004-yil 14 0
2005-yil 7 1
2006-yil 5 0
2007-yil 6 0
2008-yil 9 0
Jami 69 1

Ajax

  • Eredivizion: 2001—2002, 2003—2004
  • KNVB kubogi: 2001—2002, 2005—2006
  • Gollandiya Superkubogi: 2002, 2005

1. FC Nürnberg klubi

  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Michal Bilek resigns as Czech Republic coach“. sportskeeda.com (2013-yil 11-sentyabr).
  3. „Unauffällig und konstant“ (German). Borussia.de (2009-yil 6-iyun). 2009-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.
  4. „Abschied mit Tom und Melissa“ (German). RP-Online (2009-yil 25-may). Qaraldi: 2009-yil 27-may.
  5. Tomáš Galásek National-Football-Teams.com saytida
  6. Tomáš Galásek National-Football-Teams.com saytida„Tomáš Galásek“.