Kontent qismiga oʻtish

Toshqazgan grafit koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshqazgan grafit koni - Navoiy viloyatidagi kon. Markaziy Qizilqumdagi Quljuqtov togʻlari gʻarbiy qismida joylashgan. 1928—29 yillarda ochilgan. Kon geologiyasini keyinroq X M. Abdullayev, I. H. Hamroboyev va boshqa oʻrgangan. Genezisiga koʻra, kontakt metasomatik turga mansub boʻlib, gabbroid intruzivlar bilan devon davriga oid choʻkindi metamorfik togʻ jinslari chegarasida hosil boʻlgan metasomatitlarda joylashgan. Grafit rudalari turli darajada oʻzgargan va grafitlashgan gabbrolardan iborat. Odatda, kontaktning burmalangan joylarida hamda gabbroidlarni qamrab turuvchi ohaktosh qatlamlari oraligʻidagi tanalar bilan bogʻliq holda linzasimon, jelvaksimon, uyachasimon shakllarda uchraydi. Ruda tanalarining uz. 20 – 90 m dan 500–600 m gacha, qalinligi 0,5–5 m dan 60–90 m gacha. Grafitning oʻrtacha miqdori 11% boʻlib, u 30—40% gacha oʻzgarib turadi. Ruda tarkibida Ni, Co hamda pirit, pentlandit, bravoit kabi sulfidli minerallar mavjud. Sulfidlar tarkibida Pt, Pd, Rh, Au, Ag, Si va boshqa elementlar gʻam bor. T.g.k.da mineral tarkibi va hamda Ni va So ning miqdori qayta ishlash texnologiyasiga karab rudalar ikki (oksidlangan va kam oʻzgargan) turga ajratiladi. Ularning boyitish va qayta ishlash texnologiyalari gʻam ancha farklanadi. T.g.k. Oʻzbekistonda maʼlum boʻlgan bir necha grafit konlaridan eng kattasi boʻlib, rudalar yuqori sifatli va katta zaxiraga ega.