Yordam:Tahrir izohi
Qiyofa
Tahrir izohi Vikipediya sahifasida amalga oshirilgan tahrirning qisqa izohidir. Biror sahifaga oʻzgartirish kiritganingizdan keyin, uni saqlashdan avval tahrir oynasi pastida joylashgan Qisqa tavsif qutisidagi matn maydoniga sahifaga qanday oʻzgartirish kiritganingiz haqida yozing. Masalan, „Xatoni tuzatdim“, „Matn qoʻshdim“, „Manba qoʻshdim“ va h.k. Foydalanuvchilar Vikipediya sahifalarida qilgan tahrirlariga izoh keltirishlari majburiy etib belgilanmagan boʻlsa-da, bu tavsiya etiladi.
Qisqa tavsif qutisi quyidagicha koʻrinishda boʻladi:
Qisqa tavsif
☐ Bu kichik tahrir ☑ Sahifani kuzatish
Oʻzgarishlarni saqlash orqali siz foydalanish shartlariga hamda kiritgan maʼlumotlaringiz CC BY-SA 4.0 va GFDL litsenziyalari ostida qaytarishsiz nashr etilishiga rozilik bildirasiz. Shuningdek, „Creative Commons“ shartlari bajarilishi uchun ushbu sahifa yoki uning URL-manziliga havola koʻrsatish kifoya ekanligiga rozi boʻlasiz.