Kontent qismiga oʻtish

Hayot

Vikiiqtibosdan olingan
Hayot
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari
Wikinewsdagi yangiliklar

Hayot — metabolizm, oʻsish, koʻpayish bilan xarakterlanuvchi materiya holatidir. Hayot holatdagi jismlar hayot shakllari yoki organizmlar, deyiladi. Koʻp hayot shakllari atrof-muhitga oʻzlarining ichki jarayonlarini oʻzgartirib moslasha oladi. Hayotning fizik xarakteristikasi teskari entropiyadir.


Iqtiboslar

[tahrirlash]
  •  

Baxtli hayot mavjud emas, faqatgina baxtli kunlar mavjuddir.

  Andre Theuriet
  •  

Hayot — bu oʻtgan kunlar emas, balki esda qolgan kunlardir.

  Pyotr Pavlenko
  •  

Hayot eng yaxshi murabbiydir.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Hayot harakatni talab etadi.

  Arastu
  •  

Hayot katta hazil boʻlmasa kerak, deb umid qilaman, chunki men uni tushunmadim.

  Jack Handey
  •  

Hayot maʼnosi uning tamom boʻlishidadir.

  Franz Kafka
  •  

Hayot yashash uchun arzirlimi yoki yoʻqligi haqidagi savol falsafaning fundamental muammolaridan biridir.

  Albert Camus
  •  

Kelinglar, shunday yashaylikki, hayotimiz tugaganida hatto goʻrkov ham xafa boʻlsin.

  Mark Twain
  •  

Murabbiysi bo‘lmagan odamni hayot o‘zi tarbiyalab qo‘yadi.

  Otalar soʻzi[2]
  •  

Yoʻl chiroyli boʻlsa, u qayoqqa olib boradi, deb soʻramaylik.

  Anatole France

Adabiyotlar

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 4.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 5.