и
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
и
Aytilishi
Etimologiyasi
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
и I союз
1 gapning uyushiq boʻlaklarini bogʻlaydi: va, bilan, ham; наука и жизнь fan va turmush; старые и малые kattalar ham, kichiklar ham, kattayu kichik; союз серпа и молота oʻroq bilan bolgʻa birligi;
2 sanashni, ajratishni bildirib keladi: va, ham; и есть хочется, и пить ham ovqat yegim kelyapti, ham tashna boʻlayapman; ham qorin och, ham tashnaman;
3 takrorlanuvchi soʻzlar orasida kelib ish-harakatning, belgi-xususiyatning tobora kuchayishini, davomliligini bildiradi; Метель становилась силънее и силънее (L. Tolstoy) Izgʻirin tobora kuchaymoqda edi; А женщина всё говорила и говорила о своих несчастъях (K. Simonov) Ayol tinmay oʻzining baxtsizliklaridan gapirar edi;
4 ikki soʻz orasida kelib, bir butun maʼno ifodalovchi birikma hosil qiladi; там и сям u yer-bu yerda, onda-sonda, ora-sira; целиком и полностъю batamom, toʻliq; бегать взад и вперёд u yoqdan bu yoqqa gʻiz-gʻiz borib kelmoq; дневать и ночевать на работе kechayu-kunduz ishda qolib ketmoq;
5 maʼnodosh darak gaplarni bogʻlaydi: va, ham; засияло солнце, и запели птицы quyosh charaqlab chiqdi va qushlar sayray boshladi; Мы простились ещё раз, и лошади поскакали (Pushkin) Biz yana bir marta xayr-xoʻshlashdik, va otlar joyidan qoʻzgʻalib, gʻizillab ketdi;
6 undov, soʻroq yoki darak gaplarning boshida kelib, maʼnoni takidlash, kuchaytirish yoki avvalgi gaplarga bogʻlash uchun xizmat qiladi; и как он умёл рассказыватъ! hikoya qilganda ham, shunday hikoya qilar ediki!; и как вы могли поверить этому! shunga siz ishonib oʻtiribsizmi?!; qanday qilib shunga ishondingiz!;
7 qoʻshma gapning bir kismida da , tak soʻzlari boʻlsa, toʻsiq maʼnosini bildiradi; и пошёл бы с вами, да времени нет siz bilan borardim-ku, lekin vaqtim yoʻq;
8 sababiy bogʻlanish munosabatida boʻlgan gaplarni bogʻlab keladi: uchun, sababli, boisdan; shunday ekan; u (shu) holda; shundagina; он не рассчитывал на успех, и не стал подавать заявление в вуз u muvaffaqiyat qozonishiga ishonmas, shu sababli oliy oʻquv yurtiga ariza bermay qoʻya qoldi; надо своё дело любитъ, и тогда можно в нём преуспеть kishi oʻz ishini sevishi kerak, shundagina u muvaffaqiyatga erisha oladi;
9 zidlik munosabati bilan bogʻlangan gaplarni yoki gap boʻlaklarini bogʻlab keladi: ammo, biroq, lekin, ham; мужчина, и плачет erkak kishi boʻlsa ham, yigʻlab oʻtiripti; Хотел обьехать целый свет, И не обьехал сотой доли (Griboyedov) Butun dunyoni kezib chiqmoqchi edi, biroq yuzdan birini ham koʻrolmadi.
и II частица
1 hatto, hattoki, hatto... ham; faqat; это и я могу сделать buni hatto men ham qila olaman; и сам не рад oʻzi (hatto oʻzi ham) xursand emas; о землетрясении и говорят! faqat zilzila haqida gapirishadi!; об этом я и не подозревал buni hatto xayolimga ham keltirmagan edim;
2 qanday; qanday qilib; naqadar; shu qadar; axir; и как можно так плохо отзываться о друге! qanday qilib kishi oʻz doʻstini shu qadar yomonlay oladi, axir!;
3 ham; shuningdek; он зашёл и ко мне u mening oldimga (huzurimga) ham kirdi; Будет и на нашей улице праздник погов. Bizning koʻchamizda ham bayram boʻlib qolar (boʻladi).
и III межд. разг. i, iye, e; хорошо бы прогуляться.- И-и, в такой-то мороз! bir aylanib kelsak yaxshi boʻlardi-da.- I (iye), shunday sovuqda-ya; и, полно плакать iy (iye), qoʻying yigʻini; e, yigʻlamang-ye;
2 e-e, e-he, oho, o-o-o; Я сколъко мучения приняла, Верочка, и-и-и, и-и-и, сколъко! (Chernishevskiy) Men qanchalar azob chekdim, Verochka, e-he, qanchalar!