aks
Feʻl
aks
Ot
aks
Nido
aks
aks I
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
aks
Etimologiyasi
[ arab. - narsaning silliq, tiniq sathdagi tasviri; teskari, toʻnkarilgan ]
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 ot Biror narsaning silliq, yarqiroq sathda koʻringan tasviri, shakli. ◆ Hovuzning limmo-lim suvi shishaday toza, odamning aksikoʻrinadi. H.Nazir, „Soʻnmas chaqmoqlar“ .
- Aks etmoq 1) silliq, yarqiroq sathda (tasviri) koʻrinmoq. ◆ Koʻzguda aks etmoq . 2) qaytmoq (mas., aks sado haqida); 3) koʻrinmoq, bilinmoq, namoyon boʻlmoq (ichki his-tuygʻu, kayfiyat va shu kabilar haqida). ◆ Shu birgina soʻz uning [Madumarning] butun ichki va tashqi dunyosini oʻzida aks ettirgan edi. M.Ismoiliy, „Fargʻona t.o.;“ 4) oʻz ifodasini topmoq. ◆ Asarda obyektiv voqelik aks etgan.
- Aksini topmoq ayn. aks etmoq 1) ◆ Maʼlumki, Bosh qomusimizda xalqimiz ruhiga mos keladigan iymon-eʼtiqod, adlu insof, diyonat, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlar oʻz aksini topgan. Gazetadan . 2) sft. Qarama-qarshi, teskari, zid. ◆ Aks natija. Aks taʼsir.
- Aksiga olmoq (yoki yurmoq) 1) xohish-istakka yoki buyruqqa qarshi ish tutmoq, kesma-kesarlik qilmoq; 2) xohish-istakka qarshi yuz bermoq. ◆ Aksiga olib, yomgʻir yogʻdi. 3) sft. Tutgan yerini kesadigan, gapga koʻnmaydigan, oʻjar, qaysar. ◆ Aks bola. 4) ot Taʼsir. ◆ Odamning odamga aksi uradi. A.Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqtari“ .
- Aks sado 1) tovushning uzoqdagi biror narsaga, toʻsiqqa urilib, undan qaytib eshitilishi. ◆ Uning [Alim buvaning] ovozi nihoyat darajada yoʻgʻon edi, u togʻ-toshlar orasida gurillab, aks sadolar bilan yoyildi. M.Ismoiliy, „Fargʻona t.o.;“ 2) koʻchma javob sadosi, javob harakati, ishorasi yoki alomati. ◆ Qu'ruvchilar majlisida koʻtarilgan bu masala shahardagi hamma korxonalarda aks sado topdi. A.Muxtor, „Opa-singillar“ .
- Aks holda Shunday boʻlmagan (qilinmagan) taqdirda; boʻlmasa. ◆ Har bir madaniyatli ota-ona farzandlari qalbida kechayotgan oʻylar bilan albatta hisoblashishlari kerak. Aks holda, orada boʻshliq paydo boʻla boshlaydi. Gazetadan .
Sinonimlari
Antonimlari
aks II
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
aks
Etimologiyasi
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
Diniy-xurofiy tasavvurda: jin, ajina. ◆ Aks tegdi; Jin tegdi.
Sinonimlari
Antonimlari
Tarjimalari
Ruscha ru
aks
1 отражение, отображение; // обратный, противоположный; ◆ ~ etmoq отражаться, отображаться; ◆ koʻzguda ~ etmoq отражаться в зеркале; ◆ yuzida gʻazab ~ etib turar edi на его лице отражался гнев, его лицо выражало гнев; ◆ ~ ettirilmoq быть отражённым, отображаться; ◆ ~ maʼno обратный смысл; ◆ ~ holda в противном случае; ◆ ~i boʻldi получилось наоборот; ◆ aslo shunday emas, buning ~i совершенно не так, а совсем наоборот;
2 упрямый, несговорчивый; норовистый; ◆ ~ odam упрямый, несговорчивый; норовистый; ◆ ~ odam упрямый, несговорчивый человек; ◆ ~ ot лошадь с норовом; ◆
- ~ sado эхо, отзвук; ◆ unga ~ tegdi рел. в него вселился злой дух; он заболел из-за нечистой силы; ◆ ~ tashviqot уст. контрреволюционная агитация.