baxt
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]baxt
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BAXT Bu tojikcha ot 'mamnunlik holati' maʼnosini anglatadi (ТжРС, 51). Bu otdan oʻzbek tilida baxtli, baxtsiz sifatlari, baxtsizlik oti yasalgan, baxt-itsbol, baxt-saodat juft otlari, baxti ochilsin, baxti sora, baxtga sarshi iboralari tuzilgan (OʻTIL, I, 85).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
f. .ch . — taqdir; nasiba, ulush
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 ijt. Kishining oʻz faoliyati natija-laridan, hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlari-dan toʻla qoniqishi, yashash tarzidan mam-nunligi, muayyan maqsadga yetgani, orzu-umidining ushalishi sifatida namoyon boʻladigan maʼnaviy-axloqiy tushuncha.
2 Hayot (turmush)dan toʻla mamnunlik va bearmonlik holati; saodat, qut.◆ Mehnat — baxt keltirar. Maqol. ■■◆ Ona-yer nafasiga, mehriga, inomlariga toʻyib yashashdan ortiq baxt bormi? "Saodat".
- Baxti kulmoq (yoki ochilmoq) Baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor boʻlmoq.◆ Ajab emas, baxti ochilib, Gulnor ham yaxshi, obroʻli joylarga kelin boʻlsa. Oybek, Tanlangan asarlar.◆ Qisqasi, boladan baxtim ochilmadi, doʻstim. T. Ashurov, Oq ot. Baxting ochilsin yoki baxtingni bersin Yoshlarga muhabbat va shirin oilaviy turmush tilash shakli.◆ Iloyo, baxtingni bersin, yaxshi qayliqqa uchrab, bu kunlaring unut boʻlsin, bolam! Oydin, Chaqaloqqa chakmoncha. Baxti qora (yoki qaro) Turmushdan yolchi-magan; baxtsiz.◆ \Xolisxon.\ Aziz doʻstlar, netay, baxti qaro boʻlganga yigʻlayman, Azi-zimdan tirik, oʻlmay judo boʻlganga yigʻlayman. Hamza, Paranji sirlari.
3 Omad, tole; iqbol.◆ Uf, nima ish qil-sam, ketga qarab ketadi, xolos, mening baxtim qursin. Hamza, Tuhmatchilar jazosi. ◆ -Ani shu qizlar safida menga ham joy bor-dir, — deb oʻylidi Adolat. — Baxtimni bir sinab koʻray-chi? I. Rahim, Chin muhabbat. ◆ Hamma gap peshonida, taqsir.. Peshona shoʻr boʻlgandan keyin, unda baxt guli unadimi! H. Gʻulom, Mashʼal.
- Baxt kushi (baxti humoyun) boshiga qoʻndi Baxti, omadi keldi, ishi yurishdi.◆ Nega boshingga qoʻngan baxt qushini kaltak olib quvlaysan?S. Ahmad, Ufq.◆ ..boshimizga qoʻngan bu baxti humoyunni uchirib yubormaslik uchun hali ancha harakat qilishimiz kerak. K. Yashin, Hamza. Baxtga (baxtimga, baxtimizga, baxtiga va h.) krsh.s. Sodir boʻlgan yoki boʻladigan ish, harakat, voqea, hodisaning koʻygildagidek ekanligini ifodalash uchun ishlatiladi.◆ Baxtimizga, zamon oʻzgarib, bunday yaxshi kunlarga yetdik. E. Rahim, Yangi qadam.◆ Endi musofir qizingizning baxtiga sizoʻlmang. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Baxtga qarshi krsh s. Yuz bergan, sodir boʻlgan ish, harakat, voqea, hodisaning koʻngildagidek emasligini ifodalash uchun ishlatiladi. ◆ Miriyaning baxtiga qarshi, amaki sil ka-salligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar. Baxtdan koʻrdim (baxtimdan koʻraman) Tavakkal, nima boʻlsa boʻlar. Baxti bogʻlanmoq yoki baxtiga kuya tushmoq Oilaviy omadsizlik; farzandsizlik.◆ Siz tugʻmas ekan-siz, baxtingiz bogʻlangan.. K. Yashin, Hamza. ◆ Sen uning borligin unutma sira, Unutsang baxtingga kuya tushadi. Shuhrat, Yoshli-gimning davomi. Baxti kulmoq (yoki chopmoq).
- Omadi yurishmoq, baxtga erishmoq.◆ El boqsa, baxting kular, El boqmasa, taxting qular. Maqol. ■■◆ Bir soʻz aytay, senga malol kelmasin, Baxting chopsin, zafaring hech qaytmasin. "Malikai ayyor". Baxti ochilmoq Baxtli, baxtiyor boʻlmoq; turmushga chiqmoq, oilali boʻlmoq.◆ Qizining baxti ochil-mayotganidan kuygan ona boshini tizzalariga qoʻyib, hasrat bilan yum-yum yigʻladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
BAXT
Antonimlari
[tahrirlash]БАХТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]- Turkcha: dert
Ruscha ru
baxt
счастье, удача; фортуна; ◆ uning baxtiga на его счастье; к счастью для него; ◆ uning baxtiga qarshi на его несчастье, к несчастью для него; ◆ baxti qora злосчастный; несчастливый, неудачливый; ◆ baxti qoralik злосчастье; неудачливость; ◆ baxt-rohat счастье и покой; ◆ vatanimizning baxt-saodati uchun на благо нашей родины; ◆ baxti ochildi счастье ему улыбнулось; ◆ baxti ketdi от него отвернулось счастье; ◆ baxtini sinab koʻrmoq попытать счастья, испытывать судьбу; ◆ baxt qushini qoʻlga kiritmoq (букв. схватить в руки птицу счастья) добиться счастья; ◆ uning boshiga baxt qushi qoʻndi ( букв. на его голову села птица счастья) ему привалило счастье; ◆ baxtdan koʻrdim куда ни шло; будь что будет!