Kontent qismiga oʻtish

qatlam

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qat-lam

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QATLAM ' biror narsaning yoyiq qavati'. necha terak buii baland tosh q a t l a m i devorday

m7^'taTshm-amIM NaZIR)' BU °T ESKI U3bek ^IA3 Cha-7 ’ taxlam maʼnosini anglatuvchi qat I soʻzidan -la

qushimchasi bilan yasalgan qatla- feʼliga -m qoʻshimcha-

sini qushib yasalgan (SSTGN, II, 4); keyinchaliL un-

lilari a unlilariga almashgan: (qat I + la = qatla-) +

m - qatlam > qätläm.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Maʼlum qalinlikdagi yoki qat-qat yoyiq narsalar qavati; qat. ◆ Shagʻal qatlami. Atmosferaning yuqori qatlami. Tuproqning ustki qatlami. ◆ Daraning ikki yoni juda tik; necha terak boʻyi baland tosh qatlami devorday yuksalib, xuddi zangori koʻlday jimirlagan osmonni koʻtarib turganga oʻxshardi. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmokdar.“

2 Tarkibi asosan bir xil boʻlgan jinslarning yoyiq qavati. ◆ Ohaq qatlami. Tosh-koʻmir qatlami. ◆ Margimushni bilasiz, uchuvchi unsur, u oltinli qatlamlar tepasida nurday taralib, hovurday jimirlab yotadi. A. Muxtor, „Boʻronlarda bordek halovat.“ ◆ Qalin qor qatlami hamma narsani, shu jushadan, politsiya faoliyatini ham toʻxtatib qoʻydi. Gazetadan.

3 koʻchma Kishilarning ayrim belgilar bilan birlashgan guruhi; tabaqa.

4 koʻchma Har qanday narsaning ayrim belgilariga koʻra birlashgan guruhi. ◆ Tilning lugʻaviy qatlamlari.

5 kam qoʻll. ayn. qavat. ◆ Bir necha qatlam qilib oʻralgan chit roʻmolni boʻyniga tashlab olgan edi. M. Xayrullayev, „Tilla marjoy.“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚАТЛАМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qatlam
1 слой, пласт; прослойка; ◆ yer qatlami пласт почвы, пласт земли; ◆ atmosferaning yuqori qatlami верхний слой атмосферы;
2 отложение; ◆ ohak qatlamlari известковые отложения;
3 перен. слои (населения); ◆ tilning leksik qatlamlari лексические пласты языка.