Kontent qismiga oʻtish

qatra

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qat-ra

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. ʼ— tomchi, zarra; tomiz-gʻi (dori)

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Suyuqlikning zarralari tor-tishuvi natijasida sharcha shaklini olgan alohida kichik boʻlagi; tomchi. ◆ Bir qatra suv. Qatra qoldirmay ichmoq. Oz-ozdan oʻrganib, dono boʻlur, Qatradan koʻpayib, daryo boʻlur. Maqol . ■■ U ohu koʻzlar.. Anbar hidli qat-ralar toʻkdi, Yuzda qolib billurin izlar, Chamanlarga olmoslar choʻkdi. M. Shayxzoda. ◆ Xirurg stakandan choy hoʻplar, uning pesho-nasida mayda ter qatralari yiltirar edi. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar“ .

2 koʻchma Oz miqdor, ozgina, jinday. ◆ Qatra ham uni yoʻq ekan, oldimga yarim stakan qatiq qoʻydi. O. Husanov, „Choʻlda“ . ◆ Ey dunyoyi bevafo!.. Qahringdan hammaning bagʻ-ri qon, koʻngli parishon. Shu yigitdan bir qatra baxtni oldingmi ? Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Unda nuqul salobat bilan qahra-monlik qaynaydi-yu, nazokatdan qatra yoʻq. Shuhrat, „Shinelli yillar“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚАТРА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

Tillar

[tahrirlash]

qatra
капля; ◆ bir qatra qoldirmay до капельки; ◆ bir qatra ham suv yoʻk нет ни капельки воды; ◆ dengizdan bir qatra (букв. капля из моря) капля в море; ◆ bir qatra qon qolguncha до последней капли крови.