qozon
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qo-zon
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Turli taomlar pishirish, tayyorlash yoki suv isitish uchun choʻyandan quyib tayyorlangan roʻzgʻor buyumi. ◆ Mahalla qozon. Qozonda boʻlsa, choʻmichga chiqadi. Maqol . ◆ Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar, Yomonga yaqin yursang, balosi yuqar. Maqol .
- Yopiqli qozon — yopiqli Sir saqlanishi, bosti-bosti qilinishi lozim boʻlgan biror voqea-hodisa haqida aytiladigan ibora. Qozon osmoq 1) qozonni oʻchoqqa oʻrnatmoq. ◆ Xadicha xola.. qozon osilgan oʻchoqning oldiga qumgʻon qoʻydi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chirok-lari; 2) issiq ovqat pishirmoq“ . ◆ -Onasi! — dedi Matqovul oʻzida yoʻq quvonib. — Picha un topib kelsam, qozon ossak, qalay boʻlar ekan-a? M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Qozon qaynatmoq 1) ayn. qozon osmoq 2. ◆ Qozon qaynatishga suvdan boshqa narsalar kerak boʻladimi? Yo oshqovoqdan moy chiqarsakmi-kan! Oybek, „Tanlangan asarlar; 2) roʻzgʻor tebratmoq“ . Qozonni suvga tashlamoq (yoki tashlab qoʻymoq) Issiq ovqat qilmay, issiq ovqatsiz kunni oʻtkazmoq. [Usta Farfi:]
- Qozonni suvga tashlagan kunimiz janjal. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- O‘pkasi qozondek - Arazlamoq, xafa bo‘lmoq. ◆ Ziqna laqabli Bekmirza boyning to‘ni teskari, katmanlik og‘aynilaridan o‘pkasi qozondek Xolmuhammad Karimiy, „Tosh Qoya“ .
2 tex. Bugʻ hosil qilish uchun xizmat qiladigan maxsus yopiq qurilma. ◆ Bugʻ qozon. Yuqori bosimli qozon.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҚОЗОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ot
[tahrirlash]qozon (koʻplik qozonlar)
Ruscha ru
qozon
1 казан, котёл; ◆ choʻyan qozon чугунный котёл; ◆ dekcha qozon небольшой чугунный котёл, котелок; ◆ qozon osmoq разжигать (разводить) огонь под котлом; готовить пищу; ◆ qozoniga qaragan - qarindosh emas посл. тот, кто заглядывает тебе в котёл - плохой родственник (букв. не родственник);
2 тех. котёл; ◆ bugʻ qozoni паровой котёл; ◆ yuqori bosimli qozon котёл высокого давления; * ◆ qozonni suvga tashlamoq (букв. забросить котёл в воду) положить зубы на полку; ◆ ot qozon желудок; ◆ bir qozon толстяк.
Pak qiz
Ot
[tahrirlash]qozon