xayol
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]xa-yol
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]\a. JLj". - oʻylash, tasavvur qilish; orzu, gʻaroyib istak; arvoh] 1 Oʻylash, fikr-lash jarayoni; oʻy, fikr. ◆ Har kallada ming xayol. Maqol . n ◆ [Ibn Yaminning] Xayolida qoʻrqinchli fikrlar aylanardi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Yosh shoir doʻstlarimga tinchimas xayol, ilhom zavqlari.. tilayman. Gazetadan .
2 Tasavvur. ◆ Gulnorning koʻzlari, yuzi yolgʻiz Yoʻlchining xayollaridagina kuladi, jil-valanadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ [Bobu rning] Xasta xayolida birdan qilich tut-gan Tanbal gavdalandi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ .
3 Orzu, fantaziya. ◆ Istiqbolning shirin xayollariga koʻmilgan holda maxdum asr namozi uchun tahorat olar edi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ Ammo oʻz elimga qaytib koʻr-dimki, Shamayda oʻylaganlarim, oshiqqan-larim shirin bir xayol emish! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
4 Es, xotira. ◆ Ushanda bu qiz uning [Yod-gorning] nazarida farishtadek jonlangan, xayolida allanechuk muqaddas bir iz qoldirgan edi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Xayolim meni uzoq oʻtmishga olib ketadi. Gazetadan .
..degan xayolda yoki ..degan xayol bilan 1)
fikran muayyan xulosaga kelib; shunday deb oʻylab. ◆ Bir ozdan keyin balkon eshigi gʻiy-qillab ochilib, yopildi. U Tamila opami, Zo-kirjonmi, degan xayolda qayrilib qaramadi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Sidiq-jon uni [bolani] albatta bir nima chaqdi, degan xayolda tura solib yugurdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) biror maqsadda U ◆ [chol], uyimning buzilishini koʻrmay, degan xayolda orqasini oʻgirgach.. oʻt yoqa boshladi. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“ . Puch xayol Amalga oshmaydigan, xom xayol. ◆ Ammo oliy maktab orzusi men uchun yolgʻiz puch xayol boʻlsa ham, un-dan voz kecha olmadim. Oybek, „Nur qidirib“ . Xayol olib ketmoq (yoki qochmoq) q. xayolga botmoq. ◆ Saodatxonni yana xayol olib ketdi. S. Zunnunova, „Yangi direktor“ . Xayol surmoq Oʻylamoq, fikrlamoq. ◆ Pastakkina ayvon yonida oʻrta yoshlardagi bir odam., xayol surib tikka turibdi. S. Zunnunova, „Olov“ . Xayol qilmoq 1) oʻylamoq. ◆ Madrasa qurilishida bir ishkallik chiqmadimikin, deb xayol qildi u [Qavom]. Mirmuhsin, „Meʼmor; 2) orzu qilmoq“ . U ◆ [Yoʻlchi] dam oʻylab, xafa boʻladi, dam ancha pul yuborib, onasini sevintirishni xayol qiladi. Oybek, „Tanlangan asarlar; 3) tasavvur qilmoq“ . ◆ Rafqon va Shoʻrsuv dashti-da dushman bilan toʻqnashuvni xayol qilib, [Ahmad mirzo] Rafqon tekisligiga borgoh qurdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . Xayolga botmoq (yoki tolmoq, choʻmmoq) Uzoq vaqt chuqur oʻy-lanish holatida boʻlmoq. ◆ Dumaloq stol or-tida bir odam xayolga choʻmib oʻtiribdi. n ◆ Rasuljon hozirgina oʻqib boʻlgan xatning bir chetidan uiishganicha, xayolga botgan edi. J. Abdullaxonov, „Xonadon“ . ◆ [Avazning] Tushidagi ishoralar uni xayolga toldirgan edi. S. Siyo-yev, „Yorugʻlik“ . Xayolga kelmoq Esga, xotiraga tushmoq, xotirada tiklanmoq. ◆ Xayoliga kel-gan hamma narsani Gavharga bir-bir aytib berdi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ . ◆ Koʻpdan beri xayolimga kelmagan narsalarni esimga solib qoʻygani uchunmi, u bilan bahslashgani soʻz topolmay qoldim. I. Rahim, „Hilola“ . Xayol(i)-ga (ham) keltirmaslik 1) tasavvur qila ol-maslik. ◆ ..pad javobi olish qanchalik ogʻir ekanini sen xayolingga ham keltirmaysan. X. Sultonov, „Onamning yurti; 2) biror narsani maqsad qilib qoʻymagan, u haqda oʻylab koʻrmagan“ . ◆ Mirzakarimboy yerga oʻch odam edi. ..Hatto yer sotishni xayoliga keltirmagan odamlarning yerlarini.. oʻzinikiga qoʻshish uchun hech nimadan toymas.. edi. Oybek, „Tanlangan asarlar; 3) kutmagan, oldindan bilma-gan“ . ◆ Doktor, Hamzani bu yerda uchratishni xayoliga ham keltirmagandi. K. Yashin, „Ham-za“ . Xayoldan ketmaslik Bot-bot yoki doimo xayolda gavdalanmoq. ◆ Ammo tushlik paytgacha Iblis xayolimdan nari ketmadi. X. Toʻxtabo-yev, „Shirin qovunlar mamlakati“ . ◆ Avazning xayolidan bir-biridan mashʼum, yurakni tilka-pora qiluvchi manzaralar ketmay qoldi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . Xayol(i)dan kechmoq (yoki oʻtmoq) Maʼlum bir muddat biror narsa toʻgʻrisida oʻylamoq, fikrlamoq. ◆ Shu bilan birga uning xayolidan gʻalati fikrlar ham kechib turdi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Har ik-kalasi ham.. har bir ikir-chikirni xayolidan kechirib.. biron narsa topishga urinar edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Negadir [Cha-rosning] xayolidan "Dilshod aytgan" degan fikr lip etiboʻtdi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . Xayol(i)dan koʻtarilmoq Esidan chiqmoq. ◆ Kitobni kutubxonaga topshirish xayolimdan koʻtarilibdi. Xayoli joyida emas Ruhan bezovta, „oʻy-fikri tarqoq“ . ◆ Bolam boyo-qish notinchroq boʻlib qoldi. Xayoli ham joyida emas. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . Chodir xayol esk. Qoʻgʻirchoqteatri. Har xil xayolga bormoq 1) shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. ◆ [Ni-gorani] Shu qadar koʻrgisi keladiki!.. Birok, kech boʻlib qoldi. Uy egalari har xil xayolga borishlari mumkin. S. Anorboyev, „Oqsoy; 2) biror narsadan tashvishlanmoq; xavotir ol-moq“ . ◆ [Stepan Sokolov:] Keldinglarmi.. Nega shuncha qolib ketdilaringiz, har xil xayolga borib, hayron boʻlib turgandim. K. Yashin, „Hamza“ .
</a>lZE 374
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ХАЁЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
xayol
1 воображение, представление; мысли, помыслы, думы; ◆ Endi uning xayolida hamma narsa boʻsh va maʼnosiz edi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Теперь в его представлении всё потеряло свой смысл и значение; ◆ mening xayolimda в моём воображении; в моем представлении; ◆ xayoli sochilgan (или parishon) он растерян; он огорчён;
2 мечта, грёза; ◆ shirin xayollar сладкие мечты, грёзы;
3 фантазия, вымысел, домысел; ◆ xom xayol или ◆ puch xayol несбыточная мечта, иллюзия; ◆ bu - xayol emas, haqiqat это не вымысел, а действительность; ◆ xayol qilmoq воображать; ◆ xayol surmoq 1) мечтать, грезить, лелеять мечту; 2) погружаться в размышления, размышлять; ◆ xayol surib qolmoq впадать в задумчивость, задумываться; ◆ xayol suruvchi 1) задумчивый человек; 2) мечтатель; ◆ xayolga kelmoq 1) грезиться; 2) прийти на ум; ◆ xayolga keltirmoq 1) представлять себе, воображать; вспоминать; 2) думать; ◆ men buni aslo xayolimga ham keltirganim yoʻq об этом я даже и не подумал; ◆ xayollarga berilmoq предаваться мечтаниям; фантазиям; ◆ ming xayolga bordim о чём только я не думал; ◆ xayolga choʻmmoq (или botmoq) или ◆ xayolga gʻarq boʻlmoq 1) погружаться в мечты; 2) углубляться в свои мысли, созерцать; ◆ xayol(i)ni boʻlmoq (или buzmoq, qochirmoq) прерывать размышления; ◆ xayolda koʻrinmoq представляться, проходить перед мысленным взором, казаться; ◆ xayoldan oʻtkazmoq (или kechirmoq) окинуть мысленным взором; ◆ hozir xayolim qochib turibdi сейчас я рассеян, не могу собраться с мыслями; Xayolingiz qayerda, nima soʻzlayapsiz, oyi? (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Где вы витаете, мама, что вы такое говорите?;
4 миг, момент, мгновение; ◆ xayol oʻtmay мгновенно, не прошло (не пройдёт) и минуты (секунды)..., тут же, сейчас же; ◆ xayol oʻtmay, u ham keldi вскоре (тут же) и он пришёл;
5 память; ◆ xayoldan koʻtarilmoq быть забытым, быть преданным забвению, забываться; ◆ xayoldan qochirmoq забывать, предавать забвению; ◆
- chodir xayol ист. кукольный театр.