Iosif Brodskiy
Jozef Brodskiy | |
---|---|
Iosif Aleksandrovich Brodskiy | |
Brodskiy 1988-yilda | |
Tavalludi |
Iosif Aleksandrovich Brodskiy 24-may 1940[1] |
Vafoti |
28-yanvar 1996 Nyu-York Siti, AQSh |
Fuqaroligi |
|
Kasbi | shoir, insho muallifi |
Iosif Aleksandrovich Brodskiy (24-may 1940, Leningrad – 28-yanvar 1996, New York shahri) – rus shoiri. Ijodiy faoliyati 60-yillarda boshlangan. 1962—1964 yillarda turli ayblar bilan qamalgan va surgun qilingan. Ammo Anna Axmatova, Samuil Marshak, Dmitriy Shostakovich singari mashhur kishilarning saʼy-harakati bilan 1965-yil surgundan ozod etilgan. Siyosiy tuzumga nomaqbul shaxs sifatida 1972-yilda Sovet davlati hududlaridan chiqarib yuborilgan; 1974-yildan AQShda yashagan. „Sahrodagi bekat“ (1967), „Kurkam davr intihosi“ (1972), „Uraniya“ (1987), „Oʻgit“ (1990) va boshqa sheʼriy tuplamlari xorijda nashr etilgan. Bu toʻplamlarda yolgʻizlangan kishi bilan bir kam dunyo Oʻrtasidagi ziddiyatlar kinoyaviykutarinki uslubda aks ettirilgan. Brodskiy sheʼriyatidagi voqelikni uziga xos benazir tarzda idrok va tasvir etish, antik davr sheʼriyatidagi badiiy shakllardan samarali foydalanish – shoir novatorligining mohiyatini tashkil etadi. Brodskiyning ingliz va qisman rus tillarida eʼlon qilgan sheʼr, pyesa va publitsistik maqolalari Gʻarb adabiyoti hodisasi sifatida maydonga kelgan. Nobel mukofoti laureati (1987)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jozef Brodskiy sheʼriyati
- 'Jannat qushlari egiluvchan shoxga muhtoj boʻlmasdan kuylaydi': Jozef Brodskiy va surgun poetikasi Kordit sheʼriy sharhi
- 1996 yil 19 fevral „Shoir mukofoti sovrindorining oʻlimi: Iosif Brodskiy surgunni ilhomga aylantirdi“ Kongress kutubxonasi, nekroloq.
- Intervyu, 1996 yil 29 yanvar(Wayback Machine saytida 2013-03-24 sanasida arxivlangan) PBS (AQSh)
- Profil, sheʼrlar va audio fayllar Amerika Shoirlar Akademiyasi dan.
- Brodskiy biografiyasi va bibliografiyasi, Poetry Foundation (AQSh)
- Toshga yozilgan – Adabiyot arboblarining dafn etilgan joylari.
- Jozef Brodskiyning hujjatlari. Beinecke nodir kitoblar va qoʻlyozmalar kutubxonasi, Yel universiteti
- Brodskiy oʻz hayoti haqida gapiradi, Frensis Xorovitz tarjimasi bilan – Britaniya kutubxonasi ovozli yozuvi
- Jozef Brodskiyning Xolyok togʻi kollejidagi kolleksiyasi(Wayback Machine saytida 2019-06-07 sanasida arxivlangan)
- Jozef Brodskiy toʻplami manzilida Stuart A. Rose qoʻlyozmasi, arxivlar va nodir kitoblar kutubxonasi, Emori Universitet]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |