Jengyalov hats
ʻʻʻJengyalov hatsʻʻʻ (arm. Ժենգյալով հաց; shuningdek, jangyalov hats, zhingyalov hats) — mayda toʻgʻralgan har xil oshkoʻklar solingan yupqa xamir, Togʻli Qorabogʻ armanlari oshxonasida anʼanaviy taom[1][2][3][4]. Kavkaz xalqlarining koʻkatli kutab[5], afarar taomiga, oʻzbeklarning koʻkatli, ismaloqli yupqa taomiga juda oʻxshab ketadi.
Jengyalov hats Togʻli Qorabogʻ armanlari oshxonasining xos taomi hisoblanadi. 2013-yilda tan olinmagan NKR hukumati jengyalov hatsni respublikaning nomoddiy merosi roʻyxatiga kiritdi[6]. 2015-yil aprel oyining oxirida tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasida jengyalov hats festivali boʻlib oʻtdi[7].
Tayyorlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xamirturushsiz xamirdan qogʻozdek yupqa chalpaklar yoyiladi, soʻngra 10-20 xil yovvoyi va xonaki koʻkatlarni mayda toʻgʻrab, oʻsimlik moyi qoʻshilib, xamir bilan oʻraladi[8]. Taomning muhim xususiyati oshkoʻklarning toʻgʻri tarkibidir. Taʼmi va hidi oʻtkir koʻkatlar qoʻshilmaydi. Asosan salat ekin, ismaloq, olabuta eshakshoʻra, lavlagi barglari, mokritsa, achambiti (arm. stypashar)[9], binafsha barglari[2] va shunga oʻxshash oʻtlar qoʻshiladi. Ajur chervil, qichitqi oʻti, yashil piyoz, shovul kabi nordon yoki shomalak kabi oʻtkir taʼmli koʻkatlar kamroq boʻlishi kerak; momaqaymoq kabi achchiq taʼmli oʻtlar juda kam ishlatiladi. Bundan tashqari, xamirga pishloq va qovurilgan piyoz tiqsa boʻladi. Taxminan 10 daqiqa davomida „saj“ deb nomlangan issiq mangalda pishiriladi (arm. սաջ)[10] yoki tandirda ikki daqiqaga yopiladi[8]. Bu taom pivo, tan, sharob bilan isteʼmol qilinadi. Jengyalov hats Katta post paytida, ayniqsa, ommalashgan.
-
Toʻgʻralgan koʻkatlar
-
Sajinda jengyalov hats pishirish
-
Tayyor jengyalov hats
-
Tayyor jengyalov hats
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Restoran.ru
- ↑ 2,0 2,1 V. A. Petrov / Etnobotanika Nagornogo-Karabaxa / AN SSSR Izd. AzFan Baku-1940 g. str.14 (163)
- ↑ A. Ye. Ter-Sarkisyans //"Armyane Nagornogo Karabaxa" pod. red. L. B. Alaeva /Izd.-vo „Russkaya panorama“ 2015 — M; str.637 (vsego 917)
- ↑ Timeout.
- ↑ Братушева 2013.
- ↑ A.Beglaryan / V Nagornom Karabaxe razvivaetsya ekoturizm /IA REGNUM 8.06.2015.
- ↑ Панорама.
- ↑ 8,0 8,1 Recipe.
- ↑ V. A. Petrov / Etnobotanika Nagornogo-Karabaxa / AN SSSR Izd. AzFan Baku-1940 g. str.49 (163)
- ↑ PanAm.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Братушева А.. Блюда азербайджанской кухни. Litres, 2013. ISBN 5457357198.