Kontent qismiga oʻtish

Laurent Lafforgue

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Laurent Lafforgue
Tavalludi 6-noyabr 1966-yil (1966-11-06) (58 yosh)
Antony, Hauts-de-Seine, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi (CNRS)
Taʼlimi Oliy normal maktab
Paris-Sud universiteti
Akademik rahbarlari Gérard Laumon
Mashhur ishlari Lafforgue teoremasi
Mukofotlari Clay tadqiqot mukofoti
Fields medali (2002)

Laurent Lafforgue (talaffuzi: Loran Lafforg) (1966-yil 6-noyabrda tugʻilgan) – fransiyalik matematik. Langlands dasturi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2002-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Lafforgue 1984- hamda 1985-yillarda Xalqaro matematika olimpiadasida qatnashib, kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 1986-yil Parisdagi Oliy normal maktabga oʻqishga kirgan. 1990-yil Paris-Sud universitetida ishlay boshlagan. 1994-yil Gérard Laumon rahbarligida PhD darajasini olgan.

Lafforgue Fransiya Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida (CNRS) hamda Ilmiy tadqiqot oliy institutida ham ishlagan. Fransiya taʼlim tizimini keskin tanqid qilgan maktubi jamoatchilikka maʼlum boʻlishi ortidan, Taʼlim boʻyicha oliy kengashni tark etishga majbur boʻlgan. Lafforgue taqvodor katolik boʻlib, hech qachon uylanmagan.