Kontent qismiga oʻtish

Alessio Figalli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alessio Figalli
Tavalludi 2-aprel 1984-yil (1984-04-02) (40 yosh)
Rim
Fuqaroligi Italiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Zurich oliy shveysar texnika maktabi
Austindagi Texas universiteti
Politexnika maktabi (Paris)
Nice Sophia Antipolis universiteti
Akademik rahbarlari Luigi Ambrosio
Cédric Villani
Mukofotlari Prix va Peccot kurslari (2012)
Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2012)
Stampacchia medali (2015)
Feltrinelli mukofoti (2017)
Fields medali (2018)
Turmush oʻrtogʻi Mikaela Iacobelli

Alessio Figalli (talaffuzi: Alessio Figalli) (1984-yil 2-aprelda tugʻilgan) — italiyalik matematik. Variatsion hisoblash hamda differensial tenglamalar boʻyicha mutaxassis. 2018-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Figalli 2006-yil Pisa universitetini magistr darajasi bilan tamomlagan. 2007-yil Luigi Ambrosio rahbarligida Pisadagi Oliy normal maktabdan hamda Cédric Villani rahbarligida Lyondagi Oliy normal maktabdan PhD darajasini olgan. Soʻngra Austindagi Texas universiteti hamda Parisdagi Politexnika maktabida ishlagan. 2014-yildan beri Zurich oliy shveysar texnika maktabida ishlab keladi.

Figalli optimal transport, izoperimetrik tengsizliklar, tasodifiy matritsalarni oʻrganib keladi. Bundan tashqari, Schrödinger hamda Vlasov–Poisson tenglamalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan.