Kontent qismiga oʻtish

Magʻjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Magʻjon Jumaboyev
Asl ismi qozoqcha: Мағжан Бекенұлы Жұмабаев
Tavalludi 1893-yil 25-iyun
Vafoti 1938-yil 19-mart
Olmaota
Ijod qilgan tillari Qozoq tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1912-1929
Faoliyat turi Alash harakati arbobi, shoir, qozoq adabiyotining atoqli namoyandasi
Debyut "Sho'lpan" she'riy to'plami, 1912-yil

Magʻjon (1893, hozirgi Shim. Qozogʻiston viloyati — 1938, Moskva) — qozoq shoiri, jurnalist, maorif arbobi. Qiziljar (hozirgi Krasnoyarsk)dagi Eski qozoq madrasasi (1905—10), Ufadagi Oliya madrasasi (1910—12), Omskdagi Oʻqituvchilar instituti (1913—17)da tahsil olgan. Fors, arab, turk, rus tillarini yaxshi bilgan, Yevropa adabiyoti bilan yaqindan tanishgan. Alash Oʻrda hukumatining maorif komissi-yasi aʼzosi (1917), Qozogʻiston hukumatining maorif komissari (1919), "Hurriyat bayrogʻi" gaz.ning muharriri (1920—22). 1922-yilda Toshkentga chaqirib olinadi. Bu yerda Turkiston jumhuriyati qoshidagi "Qozoqqirgʻiz bilim komissiyasi" aʼzosi, "Choʻlpon", "Sana" jur.lari, "Oq joʻl" gaz. tashkilotchilaridan boʻldi. Moskvadagi Oliy adabiyot va sanʼat institutida oʻqidi (1923-26).

1924-yilda Moskvadagi "Yoshlarning adabiy jamiyati"da M.ning Toshkentda chiqargan sheʼriy kitobi (1923) muhokama qilinadi va uni millatchilikni kuylaganligi, tasavvufni, tarixni ulugʻlagani qattiq tanqid ostiga olinadi. Shundan soʻng M. millatchi, turkchi, boylar tarafdori sifatida ayblanadi. 1927-yilda Qozogʻistonga qaytib, bir muddat Qiziljarda oʻqituvchilik qilgach, xalq dushmani sifatida qamaladi (1929). 1935-yilda Gorkiy yordamida qamoqdan chiqadi. Biroq 1937-yilda takror qamalib, 1938-yil martida otib oʻldiriladi. M. 1988-yilda oqlangan.

M. xilma-xil mavzularda sheʼrlar yozgan. Tabiat va inson goʻzalliklarini tasvirlar ekan, ilhom va muhabbatini, sabru bardoshini ularga boʻlgan samimiy ehtirom bilan bogʻlaydi va oʻziga xos uslub yaratadi ("Men kim?", "Oʻt" va boshqalar).

M. sheʼrlari "Choʻlpon" (1912,Qozon), "Oʻlanlar" (1922, Qozon), "Magʻjon Jumaboyev oʻlanlari" (1923, Toshkent) nomlari bilan 3 kitob holida nashr etilgan. M. 1923—26 yillarda boshlangʻich maktab oʻquvchilari uchun darsliklar yozgan.

Begali Qosimov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil