Magʻjon
Magʻjon Jumaboyev | |
---|---|
Asl ismi | qozoqcha: Мағжан Бекенұлы Жұмабаев |
Tavalludi |
1893-yil 25-iyun |
Vafoti |
1938-yil 19-mart Olmaota |
Ijod qilgan tillari | Qozoq tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1912-1929 |
Faoliyat turi | Alash harakati arbobi, shoir, qozoq adabiyotining atoqli namoyandasi |
Debyut | "Sho'lpan" she'riy to'plami, 1912-yil |
Magʻjon (1893, hozirgi Shim. Qozogʻiston viloyati — 1938, Moskva) — qozoq shoiri, jurnalist, maorif arbobi. Qiziljar (hozirgi Krasnoyarsk)dagi Eski qozoq madrasasi (1905—10), Ufadagi Oliya madrasasi (1910—12), Omskdagi Oʻqituvchilar instituti (1913—17)da tahsil olgan. Fors, arab, turk, rus tillarini yaxshi bilgan, Yevropa adabiyoti bilan yaqindan tanishgan. Alash Oʻrda hukumatining maorif komissi-yasi aʼzosi (1917), Qozogʻiston hukumatining maorif komissari (1919), "Hurriyat bayrogʻi" gaz.ning muharriri (1920—22). 1922-yilda Toshkentga chaqirib olinadi. Bu yerda Turkiston jumhuriyati qoshidagi "Qozoqqirgʻiz bilim komissiyasi" aʼzosi, "Choʻlpon", "Sana" jur.lari, "Oq joʻl" gaz. tashkilotchilaridan boʻldi. Moskvadagi Oliy adabiyot va sanʼat institutida oʻqidi (1923-26).
1924-yilda Moskvadagi "Yoshlarning adabiy jamiyati"da M.ning Toshkentda chiqargan sheʼriy kitobi (1923) muhokama qilinadi va uni millatchilikni kuylaganligi, tasavvufni, tarixni ulugʻlagani qattiq tanqid ostiga olinadi. Shundan soʻng M. millatchi, turkchi, boylar tarafdori sifatida ayblanadi. 1927-yilda Qozogʻistonga qaytib, bir muddat Qiziljarda oʻqituvchilik qilgach, xalq dushmani sifatida qamaladi (1929). 1935-yilda Gorkiy yordamida qamoqdan chiqadi. Biroq 1937-yilda takror qamalib, 1938-yil martida otib oʻldiriladi. M. 1988-yilda oqlangan.
M. xilma-xil mavzularda sheʼrlar yozgan. Tabiat va inson goʻzalliklarini tasvirlar ekan, ilhom va muhabbatini, sabru bardoshini ularga boʻlgan samimiy ehtirom bilan bogʻlaydi va oʻziga xos uslub yaratadi ("Men kim?", "Oʻt" va boshqalar).
M. sheʼrlari "Choʻlpon" (1912,Qozon), "Oʻlanlar" (1922, Qozon), "Magʻjon Jumaboyev oʻlanlari" (1923, Toshkent) nomlari bilan 3 kitob holida nashr etilgan. M. 1923—26 yillarda boshlangʻich maktab oʻquvchilari uchun darsliklar yozgan.
Begali Qosimov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |